I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
374
375
Quyida odil sudlovning asosiy Konstitutsiyaviy prinsiplarini 
ko‘rib chiqamiz.
1. Qonuniylik prinsipi. O‘zbekistonda demokratik 
huquqiy davlat shakllanishi sharoitida qonuniylik va inson 
huquqlariga qat’iy rioya etish vazifasi alohida ahamiyatga 
ega bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
15-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek: “O‘zbekiston 
Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning 
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, 
fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”. 
Sud davlat organi bo‘lib, uning faoliyatiga ham qonuniylikka 
rioya etish to‘g‘risidagi Konstitutsiya ko‘rsatmalari tatbiq 
etiladi.
2.Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga 
bo‘ysunishi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 
112-moddasiga muvofiq sudyalar mustaqildirlar, faqat 
qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga 
oshirib borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga 
yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq 
javobgariikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarning mustaqilligi Konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib, 
demokratik huquqiy davlat barpo etilishini ta’minlash uchun 
zarur shart sifatida xizmat qiluvchi sudyalarning erkinligi 
va mustaqilligining kafolatlarini mustahkamlab qo‘ygan 
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida“gi Qonunida, 
FPKda (7-modda), JPKda (14-modda) va IPKda (8-modda), 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda 
(10-modda) o‘z rivojini topgan.
3. Odil sudlovni barcha shaxslarning qonun va sud oldida 
tеngligi asosida amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaning 18-moddasi birinchi qismida“ O‘zbekiston 
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 
Kоnstitutsiyaviy sudning hujjаti rаsmiy e’lоn qilingаn 
kundаn e’tibоrаn kuchgа kirаdi. Kоnstitutsiyaviy sudning 
hujjаti qаt’iy vа uning ustidаn shikоyat qilinishi mumkin 
emаs. Kоnstitutsiyaviy sudning hujjаti uning o‘z tаshаbbusi 
bilаn quyidаgi hоllаrdа qаytа ko‘rib chiqilishi mumkin: 
hujjаt chiqаrilgаn pаytdа Kоnstitutsiyaviy sudgа nоmа’lum 
bo‘lgаn yangi оchilgаn hоlаtlаr munоsаbаti bilаn; hujjаt qаbul 
qilinishigа аsоs bo‘lgаn kоnstitutsiyaviy nоrmа o‘zgаrgаn 
tаqdirdа; Kоnstitutsiyaviy sud mаzkur hujjаtni bеlgilаngаn 
ish yuritish tаrtibi buzilgаn hоldа qаbul qilingаn dеb tоpgаn 
tаqdirdа. 
Konstitutsiyaviy sud Respublika miqyosida markaziy 
muassasa sifatida faoliyat yuritadi. Uning umumiy sudlarga 
o‘xshab joylarda tuzilmalari yo‘q. Konstitutsiyaviy sudni 
tashkil etish va faoliyat tartibi maxsus qonun bilan tartibga 
solinadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling