I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
364 365 sud tizimini takomillashtirish va sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi paytidan boshlangan sud-huquq islohotining birinchi navbatdagi vazifasi sifatida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi sud tizimining huquqiy asosini belgilaydi. Konstitutsiyaning 107-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat. Shunday qilib, O‘zbekistonda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini amalga oshiradigan sud tizimi quyidagi ikki kichik tizimni o‘z ichiga qamrab oladi: birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; ikkinchidan, jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘ruvchi quyidagi sud tuzilmalarini qamrab olgan sud tizimi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqaipog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari; tayinlanashi yoki saylanashi belgilandi va boshqalar. Sud hokimiyatini amalga oshirishning asosiy shakli sud ishlarini yuritishdir, ya’ni boshqa so‘zlar bilan aytganda taraflarning teng huquqliligi va ish yuritishning tortishuvi tamoyillariga asoslangan, protsessual normalarga qat’iy rioya qilgan holda odil sudlovni amalga oshirishdir. Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar (hal qiluv qarori, hukm, ajrim, qaror) barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi). Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar nafaqat davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun, balki sudning o‘zi uchun ham majburiydir, sud qarorlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish faqat apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida tegishli sud instansiyalari tomonidan qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Sud hokimiyatini amalga oshirish vazifasi tashkil etilgan maxsus organ laming, ya’ni sudlarning zimmasiga yuklatilgan. O‘z navbatida, sudlar yagona tizimini tashkil qiladilar. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni belgilaydi. O‘zbekistonda sud hokimiyati faqat sudlarga, ya’ni ulaming vakillari bo‘lgan sudyalarga va odil sudlovni amalga oshirish jarayoniga qonunda belgilangan tartibda jalb qilinadigan xalq vakillariga, ya’ni xalq maslahatchilariga taqdim etiladi. Sud hokimiyat vakolatlari boshqa organlar yoki shaxslar tomonidan o‘zlashtirilishi qonun tomonidan man etiladi. Mukammal sud tizimi nafaqat ayrim sudlar vakolatlarining belgilanishiga imkon beradi, balki sud orqali himoyaianish erkinligi prinsipining amalga oshirilishini va odil sudlov samaradorligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling