I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
328
329
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan 
holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda 
Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar 
ularda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan 
kundan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining 
normativ-huquqiy tusdagi qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida 
kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan 
kundan e’tiboran kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘zi 
qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik 
boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga 
oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi 
qarorlari “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari 
to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” 
va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasida e’lon qilinadi, zarur bo‘lgan taqdirda esa 
boshqa ommaviy axborot vositalari orqali ham keng omma 
e’tiboriga yetkaziladi.
Har qanday markaziy davlat organi singari Vazirlar 
Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori 
bilan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Reglamenti” qabul qilingan, unda bir qator muhim masalalar 
bilan birga Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil etish tartib-
qoidalari va taomillari belgilangan.
Jumladan, unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi o‘z ishini avvalo 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirishga, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa 
organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini 
nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar 
beradilar, Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritilgan 
takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini 
dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling