I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
332
333
farmoyishlar Prezident yoki Bosh vazirning topshirig‘iga 
binoan matbuotda e’lon qilinadi, televidenie va radio orqali 
eshittiriladi.
Mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr.
O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi 
Vаzirlаr 
Mаhkаmаsini 
shаkllаntirish tаrtibi vа аsоslаrini yoritib bеring.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 
kоnstitutsiyaviy-huquqiy mаqоmini qоnunchilik dоirаsidа 
bаtаfsil yoritib bеring.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 
shаkllаnish tаrtibi vа huquqiy аsоslаri hаqidа gаpirib bеring.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining аsоsiy 
vаzifаlаrining mаzmun-mоhiyatini аtrоflichа muhоkаmа qilib 
bеring.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа Bоsh vаzirni vаzifаsidаn оzоd 
qilish tаrtibini qоnunchilik dоirаsidа bаtаfsil yoritib bеring.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа Bоsh vаzirgа ishоnchsizlik 
vоtumini bildirish tаrtibining mаzmun-mоhiyatini bаtаfsil 
yoritib bеring.
Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir 
marta o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida 
raislik qilish huquqiga ega. Ushbu majlislarda “O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan 
masalalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga 
muvofiq boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ular 
imzolangan sana bo‘yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli 
Axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar 
tomonidan tuziladigan jo‘natish ro‘yxati bo‘yicha darhol 
ijrochilarga yuboriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari 
bilan birga) majburiy tartibda belgilangan tartibda rasmiy 
e’lon qilish hamda ijrochilarga yetkazish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligiga qog‘oz va elektron shaklda 
yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari to‘plamida 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamida va 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasida e’lon qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar 
ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, 
imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi. Normativ 
xususiyatga ega bo‘lgan qarorlar, agar ushbu hujjatlarda 
boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon 
qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Respublikani keng 
va tezkorlik bilan tanishtirish zarur bo‘lganda qarorlar va 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling