I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
404
405
ta’minlash, eelelktr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga 
noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf 
etish, oldini olish va boshqa bir qator vazifalami bajarish 
hisoblanadi.
Prokuratura organlari faoliyatiga oid qonunchilikka 
kiritilgan o‘zgartishlaming tahlili shundan dalolat beradiki, bu 
o‘zgartishlar birinchi navbatda, fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquq va manfaatlarini, davlat va jamiyat manfaatlarini 
himoya qilishga, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, 
qonuniylikni va huquq tartibotni mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan. YUqorida qayd qilingan vazifalarni 
muvoffaqayatli bajarilishida prokuratura organlarining roli 
nihoyatda muhumligi e’tiborga olinib 2016-yil 19-dekabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari 
kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq 8-yanvar 
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari 
kuni deb belgilandi.
Qonundagi prokuraturaning mustaqilligini ta’minlovchi 
yana bir vosita prokuratura organlari xodimlarining 
daxlsizligiga qaratilgan alohida moddaning mavjudligidir. 
49-moddada «Prokuror va tergovchiga nisbatan jinoyat 
ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura 
organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi.
8-§. Prokuratura tizimi
Prokuratura organlari inson huquqlarini, jamiyat va davlat 
manfaatlarini muhofaza qiluvchi eng muhim konstitutsiyaviy 
organlardan biri sanaladi. Prokuratura organlariga 
konstitutsiyaviy maqom berilishi, avvalo, mazkur tuzilmaning 
inson, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilishdagi
mamlakatda qonuniylik, qonun ustuvorligi va adolatni 
ta’minlashdagi o‘rni bilan chambarchas bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
joylardagi organlari tizimi va strukturasi takomillashtirildi. 
Bosh prokuratura strukturasida Ijtimoiy qonunchilik ijrosi 
ustidan nazorat boshqarmasi, Iqtisodiy qonunchilik ijrosi 
ustidan nazorat boshqarmasi, Tadbirkorlik sub’ektlarini 
huquqiy himoya qilish bo‘limi tashkil qilindi, hamda boshqa 
tarkibiy tuzilmalarga o‘zgartirishlar kiritildi. Farmon bilan 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 7-fevralidagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
4947-sonli Farmonida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning 
bajarilishini ta’minlash prokuratura organlarining asosiy 
vazifasi hisoblanishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘zining 
vakolatlari doirasida chet el davlatlarining prokuratura 
va vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro 
tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshiradi, bu O‘zbekiston 
Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarining 
muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bosh prokuratura O‘zbekiston 
Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini qamrab 
oluvchi uyushgan, transmilliy, odam savdosi, narkotrafik 
bilan bog‘liq jinoyatchilik, boshqa iqtisodiyot, ekologiya 
sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda o‘zining 
imkoniyatlarini chet el davlatlarining huquqni muhofaza 
qiluvchi organlari bilan hamkorlik va kuchlarni birlashtirishga 
qaratib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-may 
kunidagi “Elektor energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish 
hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada 
mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 
asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilib, uning vazifasi, 
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling