I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-§. Prokuratura tizimi
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
404 405 ta’minlash, eelelktr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish va boshqa bir qator vazifalami bajarish hisoblanadi. Prokuratura organlari faoliyatiga oid qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlaming tahlili shundan dalolat beradiki, bu o‘zgartishlar birinchi navbatda, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni va huquq tartibotni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. YUqorida qayd qilingan vazifalarni muvoffaqayatli bajarilishida prokuratura organlarining roli nihoyatda muhumligi e’tiborga olinib 2016-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq 8-yanvar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilandi. Qonundagi prokuraturaning mustaqilligini ta’minlovchi yana bir vosita prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligiga qaratilgan alohida moddaning mavjudligidir. 49-moddada «Prokuror va tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi. 8-§. Prokuratura tizimi Prokuratura organlari inson huquqlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qiluvchi eng muhim konstitutsiyaviy organlardan biri sanaladi. Prokuratura organlariga konstitutsiyaviy maqom berilishi, avvalo, mazkur tuzilmaning inson, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilishdagi, mamlakatda qonuniylik, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashdagi o‘rni bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylardagi organlari tizimi va strukturasi takomillashtirildi. Bosh prokuratura strukturasida Ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi, Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi, Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish bo‘limi tashkil qilindi, hamda boshqa tarkibiy tuzilmalarga o‘zgartirishlar kiritildi. Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralidagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-sonli Farmonida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning bajarilishini ta’minlash prokuratura organlarining asosiy vazifasi hisoblanishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘zining vakolatlari doirasida chet el davlatlarining prokuratura va vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshiradi, bu O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bosh prokuratura O‘zbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini qamrab oluvchi uyushgan, transmilliy, odam savdosi, narkotrafik bilan bog‘liq jinoyatchilik, boshqa iqtisodiyot, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda o‘zining imkoniyatlarini chet el davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlik va kuchlarni birlashtirishga qaratib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-may kunidagi “Elektor energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilib, uning vazifasi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling