I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
396
397
Demak, sud va prokuratura organlarining qonunlarni to‘g‘ri 
tadbiq qilish yuzasidan nazorat etish vazifasida o‘xshashliklar 
mavjud bo‘lsada, biroq ularni amalga oshirishda sud va 
prokuror o‘ziga xos turli usul va shakllardan foydalanadilar
67
.
O‘zbekiston prokuraturasi - faqat qonunga bo‘ysunuvchi 
mustaqil davlat organi. Prokuraturaga konstitutsiyaviy 
maqomni berilishi prokuratura organlarining samarali 
faoliyat yuritishining va ularning mustaqilligining muhim 
faktori hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (118-120 m.m.) 
va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun (1-m.) O‘zbekiston 
Rеspublikаsi prokuraturasining davlat-huquqiy statusini 
qonuniy mustahkamlagan. Qonunga muvofiq, prokuratura 
O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan 
qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiruvchi yagona markazlashtirilgan organlar tizimi 
hisoblanadi.
Demokratik davlatning muhim talabi ham davlat organlari, 
jamoat birlashmalari va jamoalar, mansobdor shaxslar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishlari, 
ular tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy 
hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligidir. 
Prokuratura organlari faoliyati va kuchi qonun ustuvorligini 
mustahkamlash, uning barqarorligi, bir xilda qo‘llanilishini 
ta’minlash hamda mamlakatimiz Konstitutsiyasida oliy 
qadriyat sifatida e’lon qilingan fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy va boshqa huquq va erkinliklarini himoya qilishga 
yo‘naltirilgan.
67 Мамасиддиков М.М., Шодмонов Ф.Ю., Алимарданов X. Фуқаролик процессида 
прокурор иштироки. Ўқув-амалий қўлланма. Ю.ф.н. Ш.Б.Мустафоев таҳрири 
остида. -Т.: Ўзбекистан Республикаси Бош прокуратурасининг Олий ўкув 
курси - 2014. - 100 б.
prokuror nazorati oliy qonun chiqaruvchi va ijro 
organlariga, O‘zbekiston Respublikasi oliy mansabdor 
shaxslariga, umumiy yurisdiksiya sudlariga va O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga nisbatan tadbiq 
etilmasligi hisoblanadi.
Prokuratura 
organlarining 
tashkiliy 
faoliyatidagi 
muhim xususiyati uning har qanday davlat organlari, 
jamoat birlashmalari, mahalliy organlar va mansabdor 
shaxslardan mustaqil ekanligidadir. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 120-moddasiga ko‘ra, prokuratura 
organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat 
birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, 
faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar.
Shuningdek, prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling