I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar


partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni 
to‘xtatib turishi to‘g‘risida qoida belgilangan. O‘zbekiston 
Respublikasidagi barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
va idoralari, davlat nazorati idoralari, hokimlar, kimga 
bo‘ysinishidan, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
jamoat birlashmalari, harbiy qismlar, mansabdor shaxslar, 
shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarni aniq va bir xilda 
bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh 
Prokurori va unga bo‘ysinuvchi quyi prokurorlar tomonidan 
amalga oshiriladi.
Qonunlarni to‘g‘ri tadbiq qilish borasida prokuratura 
organlarining faoliyati sudlarga birmuncha o‘xshash bo‘lsada, 
sudlar o‘z faoliyatini odil sudlovni amalga oshirishga 
qaratadilar, prokuror esa, odil sudlovni amalga oshirish uchun 
har tomonlama ko‘maklashuvchi organ bo‘lib hisoblanadi.


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
398
399
buzilish hisoblanadi. “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 
7-moddasi prokuratura organlarining fuqarolarning ariza 
va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslaming murojaatlarini 
ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-
tadbirlarini 
ko‘rishga oid vakolatlarini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 
28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining ijro etilishini nazorat 
qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurori zimmasiga yuklanganligini ham 
qayd etish lozim.
Yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunda 
prokuror nazoratining quyidagi tarmoqlari: qonunlar ijrosi 
ustidan nazorat; fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga 
rioya etilishi ustidan nazorat; jinoyatchilikka qarshi kurashni 
amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro 
etilishi ustidan nazorat; ushlab turilganlarni, qamoqqa 
olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-
huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida 
qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat qayd qilingan. 
Bulardan tashqari, qonun sudlarda ishlarni ko‘rishda 
prokurorning vakolatlari va prokuror nazorati belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga 
bo‘ysunuvchi prokurorlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, 
idoralar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat 
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar 
va boshqa mansabdor shaxslar, O‘zbekiston Respublikasining 
Qurolli kuchlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining 
harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari tomonidan qonunlaming 
ijro etilishi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan 
hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
Prokuratura organlari faoliyati har bir prokuror tomonidan 
qonun ustuvorligini ta’minlash, ular faoliyati mamlakat 
hududida barchaning qonun oldidagi tengligi va barchaga 
qonunning bir xil tadbiq etilishini ta’minlashga qaratilganligida 
ko‘rinadi. Bunda Konstitutsiyaning 18-moddasida belgilangan 
qoida nazarda tutiladi, unga muvofiq “O‘zbekiston 
Respublikasida barcha fuqarolar bil xil huquq va erkinliklarga 
ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun 
oldida tengdirlar”.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi tahririga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 
asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni 
mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, 
jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy 
tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklaming oldini olish va 
profilaktika qilishdan iborat (Qonunning 2-moddasi).
Prokuror o‘zining har xil sohalardagi faoliyatida keng 
vakolatlarga ega bo‘lib, ularning qo‘llanilishi unga o‘zining 
faoliyatini samarali amalga oshirishga imkon beradi, ya’ni 
- birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari himoyasini 
ta’minlashda. Bu vakolatlarni tatbiq etish prokurorning 
nafaqat huquqi, balkim majburiyati hamdir. Misol uchun, inson 
va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi 
vakolatlar, prokurorga ma’lum bo‘lgan fakt, davlat boshqaruvi 
organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxs 
va boshqa shaxslarning fuqarolarning huquqlarini buzuvchi 
qonunsiz harakatlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish 
majburiyatini ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik holatlarda prokuror tomonidan yuqorida 
qayd qilingan faoliyatni amalga oshirish uchun asos, kelib 
tushgan ariza va shikoyatlardan ma’lum bo‘lgan qonun 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling