I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
410
411
Ayrim davlatlarda, masalan, Xitoy Xalq Respublikasida esa, 
prokurorlar lavozimiga 2 martadan ortiq qo‘yilmasligi belgilab 
qo‘yilgan (Хitоy Konstitutsiyasi 130-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi 
Qonunida qanday holatlarda prokuror lavozimiga takroran 
tayinlashga yo‘l qo‘yilmasligi ham to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatib 
qo‘yilgan. Xususan, Qonunning 45-moddasiga ko‘ra, o‘z 
faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan 
lozim darajada nazorat o‘rnatilishini ta’minlab bera olmagan 
shaxslar prokuror lavozimiga takroran ko‘rsatilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Ayni damda prokuroriik lavozimiga noloyiq 
xatti-harakatlar sodir etgan , demak, xizmat vazifasini tegishli 
darajada bajarmagan prokurorlar, shuningdek, boshqa ishga 
o‘tgan yoki sog‘lig‘i ishni davom ettirishga imkon bermagan 
prokurorlar lavozimlaridan muddatidan ilgari ozod etilishlari 
mumkin.
Xalqaro miqqiyosda ham prokurorlarning turli xil 
tashkilotlari bo‘lib, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA) 
shular jumlasidandir. Mazkur assotsiatsiyasi u 1995 yil 6 
iyunda Venadagi BMT vakolatxonasida tashkil qilingan. Uning 
tarkibiga turli davlatlarning prokuratura xizmatlari yoki 
assosatstsiyalari a’zolik huquqlari asosida kirishadi.
Nodavlat tashkiloti hisoblangan ushbu assotsiatsiyaning 
vakolatiga huquqiy islohotlar loyihalarini shakllantirish va 
qo‘llash hamda transmilliy jinoyatlarga qarshi kurash kiradi.
Shuningdеk, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat 
qiluvchi, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilinishini 
kafolatlovchi, o‘ziga xos tizimga hamda mamlakatda 
demokratik-huquqiy davlat qurishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 
konstitutsiyaviy organ hisoblanadi.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga 
tenglashtirilgan prokuraturalarga (“Prokuratura to‘g‘risida”gi 
Qonun 16-moddasi) tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar
ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 
lavozimga tayinlanadilar hamda lavozimdan ozod etiladilar. 
Bu prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga 
bo‘ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha tuman, shahar 
prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning 
faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish 
uchun o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun 
majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi.
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga 
tenglashtirilgan prokuraturalarga (“Prokuratura to‘g‘risida”gi 
Qonun 17-moddasi) tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi
ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 
lavozimga tayinlanadilar va lavozitndan ozod etiladilar. Bu 
prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va 
ularning oldida hisobdordirlar.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun 11-moddasi O‘zbekiston 
Respublikasida prokurorlarning vakolat muddatini belgilab 
beradi. Unga ko‘ra, barcha bo‘g‘indagi prokurorlar - O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuroridan boshlab, tuman va shaharlar 
prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlargacha 
yagona muddatga - besh yilga tayinlanadi.
Mamlakatimizda prokurorlarning vakolat muddati besh 
yil etib belgilangan bo‘lsada, ularning qaytadan tayinlanishi 
soniga nisbatan hech qanday cheklov belgilanmagan. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling