I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
408
409
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vakolatiga 
shuningdek, 
prokuratura 
organlari 
xodimlarini 
rag‘batlantirish (davlat mukofotlariga taqdim etish, ko‘krak 
nishonlar bilan taqdirlash), prokuratura organlarida ishni 
tashkil etish (buyruqlar chiqarish, tarkibiy bo‘linmalar 
to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash), o‘z vakolati doirasida chet 
el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi 
bitimlar tuzish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlar ham kiritilgan.
Qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorining hisobdorligiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 
Xususan, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdor ekanligi 
belgilab qo‘yilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston 
Respublikasi prokuraturasining muhim tarkibiy qismi 
sanaladi. “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun 15-moddasiga 
muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi va 
u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan 
holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod 
etiladi.
Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi prоkurоri Qоrаqаlpоg‘istоn 
Rеspublikаsi Jo‘qоrg‘i Kеngеsi vа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi 
Bоsh prоkurоri оldidа hisоbdоrdir.
Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi prоkurоri tеgishinchа 
tumаn, shаhаr prоkurаturаlаrining vа ulаrgа tеnglаshtirilgаn 
prоkurаturаlаrning fаоliyatigа rаhbаrlik qilаdi, qоnunlаr, 
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Bоsh prоkurоrining buyruqlаri 
аsоsidа vа ulаrni ijrо etish uchun o‘zigа bo‘ysunuvchi 
хоdimlаrning hаmmаsi uchun mаjburiy bo‘lgаn buyruqlаr 
chiqаrаdi. 
Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorini lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod 
etish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuroriga zimmasiga yuklangan vazifalar samarali 
bajarilishini ta’minlashi uchun bir qator muhim vakolatlar 
yuklangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi 
mumkin bo‘lib, bu o‘z navbatida prokuratura organlari faoliyati 
natijasida aniqlangan qonunlardagi kamchiliklar haqida 
parlamentni o‘z vaqtida xabardor etish va qonun ijodkorligi 
jarayoni samaradorligini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura 
tizimidagi oliy mansabdor shaxs sifatida prokuratura 
organlarini boshqa davlat hokimiyat organlari bilan 
munosabatlarda ifodalaydi. Xususan, Bosh prokuror 
prokuratura organlari faoliyatiga oid bir qator masalalar 
yuzasidan bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
murojaat etishi mumkin. Ushbu masalalarga Qonun Bosh 
prokuratura hayatining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi 
takliflar kiritish, prokuratura organlari xodimlariga darajali 
unvonlar berish va oliy darajali unvonlar berish to‘g‘risidagi 
taqdimnoma bilan murojaat etishni kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori shuningdek, 
davlat hokimiyatining boshqa organlari, shu jumladan
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud Plenumi majlislarida ishtirok 
etish va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi hamda 
qonun hujjatlarini qo‘llash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 
Oliy sud Plenumga tushuntirishlar berish xususida takliflar 
kiritishi mumkin.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling