I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
156 157 topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi (Oila kodeksining 16-moddasi) 31 . Qonunga binoan nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul bo‘lib, shuningdek, tibbiy irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari bo‘yicha maslahat berish nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Nikohlanuvchi shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish natijalari shifokor siri hisoblanadi va u nikohlanuvchi shaxsga faqat ko‘rikdan o‘tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi mumkin. Basharti nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odam immuniteti taqchilligi virusi (OITS infeksiyasi)borligini boshqasidan yashirgan bo‘lsa, shu shaxs nikohni haqiqiy emas deb topishni talab qilib sudga murojaat qilishga haqlidir. Oila kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan ushbu nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatning bolalar haqidagi g‘amxo‘rligi alohida mustahkamlangan. Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi) Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi (Konstitutsiyaning 64-moddasi). Bolalarning huquq va manfaatlari, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, ta’minoti har doim davlatimiz himoyasida va e’tiborida bo‘lib kelgan. 31 Ўзбекистон Республикасининг Оила Кодекси [Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 23.02.2020). Bunday muddatni belgilashdan maqsad bir-birlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan shaxslarning engiltaklik qilib, shoshmashosharlik bilan nikohdan o‘tishlariga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Nikoh davlat va jamoat manfaatlarini ko‘zlab, shuningdek, er bilan xotinning va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda manfaatlarini muhofaza etish maqsadida qayd etiladi. Nikohni uning ijtimoiy mohiyati va maqsadiga ko‘ra hamda oilani mustahkamlash ehtiyojini, yosh avlodning ahloqi va sihat-salomatligini hisobga olib, bir qator shartlarga rioya qilgan holda tuzish zarurligi belgilandi. Bu talablar nikohdan o‘tish shartlari deb yuritiladi. Ular quyidagilardan iborat: nikoh tuzish ixtiyoriydir; nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak; nikoh tuzishga majbur qilish ta’qiqlanadi (Oila Kodeksining 14-moddasi). Navbatdagi belgilangan talab nikoh yoshiga tegishlidir. Nikoh yoshi erkaklar uchun hаm ayollar uchun hаm o‘n sаkkiz yosh qilib belgilangan. Qonunda nikoh tuzishga monelik qiladigan quyidagi holatlar ko‘rsatilgan: loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Respublikada har bir fuqaro faqat yakka nikohda bo‘lishi mumkin; nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling