I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
154 155 30-aprelda qabul qilingan bo‘lib, 8 bo‘lim, 30 bob, 238 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari unga huquqiy asos qilib olindi. Chunki, ushbu huquqiy qoidalarda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, jamiyatning asosiy hujayrasi hisoblangan oilani mustahkamlash, nikohning barqaror bo‘lishi, otalik, onalik va bolalikni muhofaza qilish, farzand tarbiyasida va moddiy ta’minotida ota-onaning huquq va majburiyatlari kabi muhim qoidalar o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46,63,66-moddalarida, shuningdek, maxsus qonunlarda, me’yoriy hujjatlarda oilaviy munosabatlar alohida o‘z aksini ifodalagan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-moddasining ikkinchi qismida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi” deyilgan. Zero, nikoh oila poydevoridir. Oila kodeksining II bo‘limi “Nikoh” (13-56-moddalar) masalasiga bag‘ishlangan. Oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Ushbu organda qayd etilgan nikohgina huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Nikohning tegishli davlat organida qayd etilishi uning vujudga kelganligini isbotlovchi birdan-bir dalildir. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikohni tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy muddat o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Davlatning oila to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi katta hajmda uy- joy qurilishi, bolalar muassasalarining keng shahobchalarini barpo etish va rivojlantirish, maishiy xizmat, bola tug‘ilganda nafaqa to‘lash, ko‘p bolali oilalarga nafaqalar va imtiyozlar berish, shuningdek, oilaga nafaqa va yordam berishning boshqa turlarini rivojlantirish orqali namoyon bo‘lmoqda. Oila huquqining asosiy manbayi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. Konstitutsiyaning III bo‘lim, XIV bobi “Oila” deb nomlanib, 63-66-moddalar oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalardir. Yuqorida ta’kidlanganidek, asosiy qonunda oilaga maxsus bob ajratilgan. Bu bob “Jamiyat va shaxs” bo‘limida berilishi ham ayni muddao, chunki oila jamiyatning bir bo‘lagi, uning asosiy bo‘g‘inidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida ta’kidlangan quyidagi so‘zlar nihoyatda ramziy va teran ma’nodadir: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasini tashkil etadi. Jamiyat katta-kichik oilalardan iborat. Bu oilalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustaham bo‘ladi. Biz qurayotgan fuqarolik ja- miyatida oila o‘ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu xususiyati birinchi galda uning jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligida hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalangan. Oila huquqining asosiy tamoyillari Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan. Ular jumlasiga oilani jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lishi, oilada erkak va ayolni teng huquqliligi, nikohning ixtiyoriy va teng bo‘lishi, ota-onalar va bolalarning asosiy huquq va majburiyatlaridir. Oila huquqining asosiy manbayi O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksidir. Oila kodeksi 1998-yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling