I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
342 343 Kengashlarida tasdiqlanishi shartligi, Kengash qarorlari, albatta, hokim tomonidan imzolanish tartibi o‘rnatilishi, bu organlar bo‘ysunish asosida emas, hamkorlik asosida ish olib borishini bildiradi. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda (1-modda), hokim viloyat, tuman va shaharda oliy mansabdor shaxs, deb ko‘rsatilishi bilan birga, ular xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdordirlar, deb ham belgilangan. Shu qoida ham xalq deputatlari Kengashlari bilan hokimning munosabatini, ularning bir-biriga nisbatan mavqeyini ko‘rsatadi. Hokim lavozimi davlat boshqaruv tizimida muhim rol o‘ynashi e’tiborga olinib, ularning vakolat muddati, lavozimga tayinlash va ozod qilish tartiblarini belgilovchi asosiy qoidalar Konstitutsiyada belgilangan. Konstitutsiyaning 101-moddasida xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati besh yil, deb belgilangan. Bu muddat hokim shu еrdagi sharoit bilan to‘la tanishishi, ish uslubi va qobiliyati qanday darajada ekаnligi, faoliyatining natijalariga baho berishi uchun еtarli bo‘ladi. Shu muddatda rahbar o‘zining barcha qobiliyati va imkoniyatlarini to‘la namoyon qila olishi mumkin. Konstitutsiyaning 102-moddasida viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibini belgilaydi. Xalq deputatlari Kengashi Prezident tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni uch marta rad etsа, ya’ni tasdiqlamasa, Prezident hokim vazifasini bajaruvchi tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashlarini tarqatib yuborish huquqiga ega. 2011-yil 18-aprelda Prezident tomonidan imzolangan “Konstitutsiyaning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan viloyat va Toshkent shahar hokimini tayinlashga doir yangi holat kiritildi. Unga asosan, Konstitutsiyaning 93-modda 15-bandi quyidagicha bayon qilindi: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh Bu mahalliy vakillarga ishonch, e’tiborni ko‘rsatadi. Buning natijasida, aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi o‘rni yanada kengayadi. Hozirgi kunda Oliy vakillik organi - Oliy Majlis bilan xalq deputatlari Kengashlarining o‘zaro aloqasini kuchaytirish orqali vakillik demokratiyasini yanada kuchaytirish davlat qurilishi sohasidagi asosiy vazifalardan bo‘lib turibdi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling