2-§. Xalq deputatlari Kengashlari, ularni shakllantirish
tartibi, vakolat muddati
Xalq deputatlari Kengashlari joylardagi davlat hokimiyati
vakillik organlari hisoblanadi. Oliy Majlis mamlakat
miqyosidagi vakillik organi bo‘lsa, xalq deputatlari Kengashlari
viloyat, tuman, shahardagi, shu joydagi aholi vakillaridan
iborat vakillik organidir. Xalq deputatlari Kengashlari kollegial,
ya’ni deputatlardan iborat organdir. Ular saylov yo‘li bilan
tashkil etiladi. Ularni tashkil qilish tartibi, vakolatlari 1993-
yil 2-sentabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Хаlq dеputаtlаri vilоyat, tumаn, shаhаr Kеngаshi vа vilоyat,
tumаn, shаhаr hоkimi bеrilgаn vаkоlаtlаri dоirаsidа umum
mаnfааtni ifоdаlоvchi tаdbirlаr o‘tkаzish, qo‘shimchа kоr-
хоnаlаr, хo‘jаlik tаshkilоtlаri tuzish uchun, turli tаrmоqlаr
Do'stlaringiz bilan baham: |