I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
220
221
saylanadi.  Bu  saylovda  saylovchilar  nomzodlarning  qilgan 
ishlari, xizmatlari, dasturlarini taqqoslaydi va o‘ziga ma’qulini 
tanlaydi.  Bu  tizimda  okruglarda  nomzodlar,  asosan,  partiya 
nomidan  qatnashadi,  lekin  yakka  asosda  ovoz  oladi,  ovoz 
partiya uchun emas shaxsan nomzodga beriladi.
Majoritar  tizimning  ham  ko‘rinishlari  har  xil.  Uning  bir 
ko‘rinishida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan 
nomzod  saylangan  bo‘ladi.  Bunda  saylanish  uchun  qancha 
ovoz  olish  kerakligi  ko‘rsatilmagan.  Bu  ko‘rinish  AQSH, 
Hindiston  va  Rossiyada  qo‘llaniladi.  Bu  mamlakatlarning 
qonunlarida aksariyat ovoz berishda qancha saylovchi ishtirok 
etishi shartligi ham ko‘rsatilmaydi. Angliya qonuniga asosan 
okrugdan bir nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, saylovsiz saylanish 
mumkin, uning saylanishi uchun nomzodning o‘z ovozi kifoya 
bo‘ladi.
Majoritar saylov tizimi deputatlarning bir okrugdan bitta 
saylanshi  bilan  (nomzodlar  qancha  bo‘lishidan  qat’i  nazar) 
saylovchi  aniq  nomzodga  yoqlab  yoki  qarshi  ovoz  berishi 
bilan xarakterlanadi. Bu ko‘pchilik ovozlarning saylanadigan 
nomzodlarda bo‘lishini nazarda tutadi. Majoritar so‘zining o‘zi 
ham Fransuzcha “ko‘pchilik” so‘zidan olingan. Majoritar tizim 
jahonda eng ko‘p tarqalgan tizim deb hisoblanadi.
Ayrim  mamlakatlarda  majoritar  tizimda  saylanish  uchun 
ko‘pchilik  ovoz  talab  etiladi.  O‘zbekiston  saylov  tizimi  ham 
majoritar tizim bo‘lib, unda shu tizimning ko‘pchilik ovoz olish 
tartibi  qo‘llaniladi.  Ovoz  berishda  kamida  33  foiz  saylovchi 
ishtirok etib, (ro‘yxatga olinganlar) ularning yarmidan ko‘pini 
(50 foiz + 1 ta ovozni) olgan nomzod deputat, Prezident bo‘lib 
saylanadi.  Majoritar  tizimning  yana  boshqa  ko‘rinishlari 
ham  mavjud.  Majoritar  tizimning  eng  muhim  ijobiy  tomoni 
(yutug‘i)  saylovchi  aniq  bir  shaxsga  ovoz  beradi.  Bu 
keyinchalik saylangan shaxs bilan saylovchi o‘rtasida bevosita 
aloqadorlikni  o‘rnatadi.  Deputatlar  o‘z  faoliyati  yuzasidan 
kamaytirish,  ayollarni  saylovlarda  ishtirok  etishiga  erishish, 
saylovlardagi ortiqcha cheklashlami olib tashlash uchun uzoq 
vaqt kurashilgan.
Mamlakatda  saylov  tizimi  bo‘lishi  davlat  xarakteriga, 
u  yerdagi  rejimga  bog‘liq,  ya’ni  davlatning  suverenligi, 
demokratik  yoki  avtoritar  rejim,  diktatura  ko‘rinishida 
bo‘lishligi saylov tizimiga ta’sir qiladi. Lekin har qanday rejim 
ham  o‘z  saylov  huquqini  demokratik  qilib  ko‘rsatish  uchun 
turli choralami ko‘radi. Sobiq ittifoq davrida ham saylov eng 
demokratik  deb  ko‘rsatilar,  hatto  fashistlarning  hokimiyat 
tepasiga  keltirgan  Germaniya  saylov  tizimi  ham  demokratik 
hisoblangan.
Saylov tizimi tor ma’noda ovoz berish natijasini aniqlashga 
qarab turlarga bo‘linadi.
Jahon  tajribasida  bir  necha  xil  tizim  mavjudligi  yuridik 
adabiyotlarda  uchraydi.  Bular  asosan  majoritar  va 
proportsional tizimlardi. Ayrim adabiyotlarda ularning boshqa 
turlari,  jumladan,  aralash  tizimi  mavjudligi  ko‘rsatilgan.  Bu 
ham haqiqat.
Eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  saylov  tizimi  -  majoritar, 
proportsional va aralash shakldagi tizimlardir.
Bu tizimlar asosan ovoz berish tartibi, ovozlarni aniqlash, 
ovozlarning deputat saylashda taqsimlanishi, saylovni necha 
mandatli  saylov  ekanligi  bilan  aniqlanadi  va  bir-biridan 
farq  qiladi.  Ularning  birontasini  demokratik  boshqasini 
nodemokratik  deyishga  asos  yo‘q.  Ularning  ijobiy  va  salbiy 
tomonlari mavjud.
Majoritar  tizim  siyosiy  partiyalar  hali  uncha  kuchli 
bo‘lmagan,  aholini  o‘z  taraflariga  og‘dirish  uchun  tegishli 
ishlar  amalga  oshirilgan  davlatlarda  foydalidir.  Bunday 
saylovda  vakillik  organlariga  deputat  bo‘lib  partiya  a’zolari 
emas,  partiya  tomonidan  ko‘rsatilgan,  so‘zga  chechan, 
saylovchilarni  o‘z  dasturiga  ishontira  oladigan  kishilar 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling