I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
232 233 3-§. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazish prinsiplari. Prinsip atamasi o‘zbek tilida ko‘pincha tamoyil deb yuritiladi. Bularning ma’nosi deyarli bir xil. Lekin shunday atamalar borki, ular barcha tillarda aslicha qo‘llaniladi. Bu atama O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham qo‘llanilgan, masalan, 14-moddada, Pintsip ijtimoiy kategoriya bo‘lib, eng muhim g‘oyalarni qoida sifatida namoyon bo‘lishidir. Davlat va huquqning turli sohalarida prinsip tushunchasi qo‘llaniladi. Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi. Saylov huquqida ham prinsip atamasi qo‘llanilib, eng avvalo, u, saylovlarning adolatliligini, qonuniyligini ko‘rsatuvchi asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o‘tgan edik. Ular kishilik jamiyatining hamma bosqiclilarida qo‘llanilib kelingan bo‘lib, jamiyat rivojiga mos ravishda takomillashib bordi. Uning takomillashuvida ma’lum qoidalarni vujudga kelishi, ularning bajarilishi, qo‘llanilishi shart etib belgilanishi muhim rol o‘ynaydi. XX asring ikkinchi yarmidan boshlab, saylovlarning demokratiashuvida yangi davr boshlandi. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan hujjatlar muhim o‘rin tutadi. Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga ega “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da xalqaro miqyosda o‘z ifodasini topdi. Uning 21-moddasida “har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakiliari orqali o‘z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Xalq irodasi davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov tеlеfоn rаqаmlаrini,jоylаshgаn еrini vа оvоz bеrish binоsini ko‘rsаtgаn hоldа sаylоvchilаrni hаr bir uchаstkаning chеgаrаlаri to‘g‘risidа хаbаrdоr etishni tаshkil qilаdi. Qоnunchilik pаlаtаsi, mаhаlliy Kеngаshlаr dеputаtlаri sаylоvi bir vаqtdа o‘tkаzilgаn tаqdirdа, Qоnunchilik pаlаtаsi dеputаtlаri sаylоvini o‘tkаzish bo‘yichа оkrug sаylоv kоmissiyalаri tоmоnidаn yagоnа sаylоv uchаstkаlаri tuzilаdi. 2014-yil 16-aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan qo‘shimchaga asosan Markaziy saylov komissiyasining huquqiy holati, vazifasi, ish yuritish prinsiplari, tashkil etish tartibi konstitutsiyaviy asosda belgilandi, natijada saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari yanada kengaydi. Saylov huquqiga taalluqli konstitutsiyaviy normalar faqat konstitutsiyaning XXIII bobidagi (117-modda) normalar bilan cheklanmaydi. Ular konstitutsiyaning boshqa bob va moddalaridagi normalarda ham uchraydi. Jumladan, Konstitutsiyaning 32-moddasida fuqarolarning davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etishda ishtirok etish huquqi (saylov huquqi). Konstitutsiyaning 90-moddasida O‘zbekiston Prezidenti nomzodiga qo‘yiladigan talablar haqidagi normalar, prezident saylov muddati va saylov prinsiplari haqidagi normalar, Konstitutsiyaning 96-moddasidagi muddatdan tashqari, Prezident saylоvini o‘tkazish haqidagi normalar saylov huquqining konstitutsiyaviy asosidir. Saylov huquqining konstitutsiyaviy asosini, bevosita konstitutsiyaviy normalardan tashqari, konstitutsiyaviy qonunlardagi saylovga taalluqli normalar ham tashkil etadi. Demokratik jarayonlarning o‘sib borishi natijasida hozirgi davrda saylov huquqi va qonunchiligi mantiqiy jihatdan sekin-asta ommaviy huquqning mustaqil tarmog‘iga aylanib bormoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling