I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
226
227
g‘oyalar  va  texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash  yili”  Davlat 
dasturlariga  muvofiq  Saylov  Kodeksi  ishlаb  chiqilib,  qаbul 
qilinishi bеlgilаngаndi.
O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi bo‘yicha 
5 ta qonunlar mavjud bo‘lib, bu huquqni qo‘llashda bir qator 
murakkabliklar  tug‘diradi.  Bundan  tashqari,  saylov  jarayoni 
va uni o‘tkazish tartib-tamoyillari va qoidalarining ko‘pchiligi 
qonun darajasida emas, balki Markaziy saylov komissiyasining 
nizom va yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Saylov  qonunchiligining  ayrim  normalari  hozirgi  zamon 
talablariga va saylovlarni demokratik tarzda o‘tkazish bo‘yicha 
xalqaro amaliyotga to‘la mos kelmaydi.
Xususan,  Ekoharakat  vakillarining  parlament  quyi 
palatasiga kvota asosida kiritilishiuning faol va tashabbuskor 
bo‘lib  ishlashini  muayyan  darajada  susaytiradi,  qonun 
saylovchilarning  yagona  elektron  ro‘yxatini  shakllantirishni 
nazarda  tutmaydi,  shuningdek,  alohida  hollarda  saylov 
byulletenining  o‘rniga  saylov  varaqalaridan  foydalanilish 
amaliyoti  yashirin  ovoz  berish  tamoyiliga  mos  kelmaydi, 
ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida  saqlab  turilgan 
shaxslarning  saylovda  ishtirok  etishiga  oid  cheklovlar 
mavjudligi va boshqa shu kabi holatlar mavjud shu va boshqa 
bir qator yangiliklarni o‘zida qamrab olgan yangi O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsining  Saylov  Kodeksi  2019  yil  18  fevral  kuni 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 
tomonidan qabul qilinib, 2019 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullanib, 2019 
yil 26 iyundа qаbul qilindi.
Saylov  huquqi  orqali  amalga  oshiriladi.  Saylov  huquqi 
esa  konstitutsiyaviy  huquqning  muhim  institutidir.  Saylov 
huquqining jamiyat, fuqaro hayotidagi muhim ahamiyati uni 
natijada  demokratiyaning  o‘zi  ham  takomillashmoqda. 
Demokratiyaning  takomillashuvini  esa  saylovlarning 
takomillashuvisiz,  demokratlashuvisiz  tasavvur  qilib 
bo‘lmaydi.
Shavkat  Miromonovich  Mirziyoyev  2016-yil  4-dekabrda 
O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  etib  saylanganidan 
boshlab  davlat  va  jamiyat  hayotining  barcha  jabhalarida 
keng  qamrovli  islohotlar  yanada  jadallik  bilan  amalga 
oshirilib kelinayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, bu 
islohotlar  uning  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 
qabul  qilinganining  yigirma  to‘rt  yiliigiga  bag‘ishlangan 
tantanali  marosimdagi  ma’ruzasida  aytilganidek,  “Xalq 
davlat  idoralariga  emas,  davlat  idoralari  xalqimizga  xizmat 
qilishi  kerak”ligi  tamoyilidan  kelib  chiqqan  holda  olib 
borilayotganligi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Shu  munosabat 
bilan ham mamlakatimizda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va 
inson manfaatlari” yili deb e’lon qilindi.
2017-yil  22-dekabrda  Mamlakatimiz  tarixida  ilk  bor 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev 
Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda xalqaro norma va 
standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab 
chiqish va qabul qilish lozim deb ta’kidladi.
2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  22-yanvarda  qabul 
qilingan  PF-5308-son  Farmoni  bilan  “Faol  tadbirkorlik, 
innovatsion  g‘oyalar  va  texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash 
yili”da amalga oshirishga oid hamda 2019-yil 17-yanvardagi 
PF-5635-son  Farmoni  bilan  “Faol  tadbirkorlik,  innovatsion 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling