KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
240
241
unda mag‘lubiyatga uchragan kuchlar mag‘lubiyatni tan
olishga majbur bo‘ladi Aks holda, jamiyatda qarshiliklar
kuchayib ketib, turli inqirozlar vujudga keladi. Haqiqiy
saylovlar jamiyatni bir siyosiy kuchdan ikkinchisiga talafotsiz,
buzg‘unchiliksiz, qonuniy topshirishga asos bo‘ladi. Chinakam
saylovlar saylovchilarga haqiqiy saylovni ta’minlab, jamiyatda
plyuralizmni keltirib chiqaradi va o‘zi ham unga tayanadi.
Saylovlarning oshkora o‘tishi saylovlarni haqiqiy bo‘lishida
muhim rol o‘ynaydi.
Adabiyotlar bilan tanishib, saylov tajribalarini o‘rganib,
ilmiy izlanishlar orqali saylovlardagi xalqaro standartlar
qatoriga saylovlarning davriyligi (aniq muddatlarda o‘tishi)ni
ham qo‘shsa bo‘ladi. Chunki saylovlarning aniq muddatlarda
o‘tishi uning muddatlarini hukmron kuchlar, hokimiyat
tuzilmalari xohlagancha o‘zgartira olmasligi, saylovlarga
qo‘yiladigan xalqaro talablardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi ana shu xalqaro hujjat normalari
ko‘rsatmasiga mos ravishda saylovlar o‘tkazishning aniq
muddatini Konstitutsiyaning 117-moddasida mustahkamlab
qo‘ygan.
O‘zbekiston
Konstitutsiyasining
muqaddimasida
konstitutsiya qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadlar
qatorida umume’tirof etilgan xalqaro qoidalarning ustunligini
tan olish ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |