I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
242
243
bilan nazorat qilinmaydi. Referendumga tayorgarlik ko‘rish va 
o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Referendum  o‘tkaziladigan  kunda  18  yoshga  to‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda 
ishtirok etish huquqiga ega. Respublika hududidan tashqarida 
yashayotgan  O‘zbekistori  Respublikasining  fuqarolari  ham 
referendumda ishtirok etadilar.
Kelib  chiqishi,  ijtimoiy  va  mulkiy  mavqeyi,  irqiy  va 
milliy  mansubligi,  jinsi,  ma’lumoti,  tili  dinga  munosabati, 
mashg‘ulotining  turi  va  xususiyatiga  qarab  fuqarolarning 
referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita 
cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xuddi  saylovdagi  singari,  referendumda  ham,  sud 
tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan  fuqarolar 
referendumda ishtirok etmaydilar.
Referendumga  tayorgarlik  ko‘rish,  o‘tkazishning  ba’zi 
tadbirlari oshkora va ochiq o‘tkaziladi. Referendumni oshkora, 
adolatli  o‘tkazishni  ta’minlashda  kuzatuvchilar  alohida  rol 
o‘ynaydi.
Referendumning  demokratik  xususiyati  yana  shunda 
ko‘rinadiki,  fuqarolar  jamoat  birlashmalari,  fuqarolarning 
o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  referendum  o‘tkazilishini 
yoqlab yoki unga qarshi, referendumga qo‘yilayotgan qonun 
loyihasi,  amaldagi  qonun  yoki  boshqa  masalani  yoqlab  yoki 
unga  qarshi  hech  qanday  moneliksiz  tashviqot  olib  borish 
huquqiga ega.
Referendum qarorlari jiddiy oqibatlarni vujudga keltiradi. 
Shuning  uchun  undan  faqat  ezgulik  yo‘lida  foydalanish 
maqsadlaridan kelib chiqib ayrim masalalarni referendumga 
qo‘yish  mumkin  emasligi  ham  qonunda  belgilab  qo‘yilgan. 
Unga  ko‘ra,  referendum  predmeti  bo‘lmaydigan  masalalar 
quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston  Respublikasining  hududiy  yaxlitligini 
9-moddasida  “Jamiyat  va  davlat  hayotining  eng  muhim 
masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga 
(referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun 
bilan belgilanadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan.
“O‘zbekiston  Respublikasining  referendum  to‘g‘risida”gi 
Qonun  1991-yil  18-noyabrda  qabul  qilingan  bo‘lib,  u 
keyinchalik o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan yangi tahrirda 
tasdiqlangan.
Referendum  va  saylov  o‘rtasida  juda  katta  umumiylik  va 
o‘xshashlik mavjud. Avvalo, ularning hаr ikkalasi demokratiya 
ifodasi,  fuqarolarning  davlat  va  jamiyat  hayotida  ishtirokini 
ta’minlovchi  usul;  ularning  har  ikkalasida  maqsadga  ovoz 
berish  orqali  erishiladi;  tashkil  qilish  va  o‘tkazishda  amal 
qiladigan prinsiplar o‘xshash va hokazo.
Referendumning saylovdan farqi ham mavjud. Saylovlarda 
mansabdor  shaxslar,  deputatlar  saylansa,  saylovchi 
nomzodlarga  ovoz  bersa,  referendumda  masalaga  ovoz 
beriladi,  biron-bir  masala  hal  qilinadi,  yana  saylov  aniq 
belgilangan  muddatlarda  o‘tkazilsa,  referendum  zaruriyatga 
qarab o‘tkaziladi.
Qonunda qayd qilinishicha referendum saylovlar bilan bir 
qatorda  xalq  irodasining  bevosita  ifodasidir.  Referendumda 
qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, u faqat 
referendum  yo‘li  bilan  bekor  qilinishi  yoki  o‘zgartirilishi 
mumkin.
Referendum  saylovlar  singari  umumiy,  teng,  to‘g‘ridan 
to‘g‘ri  prinsipda  yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  o‘tkaziladi, 
fuqarolar unda o‘z xohish-irodasini erkin-ixtiyoriy bildiradilar. 
Referendumda  ishtirok  etishga,  shuningdek,  ishtirok 
etmaslikka biron bir tarzda ta’sir qilinishi mumkin emas.
Har bir fuqaro referendumda teng asosda ishtirok etadi va 
bitta  ovozga  ega.  Referendumda  fuqarolar  bevosita  ishtirok 
etadi,  ularning  xohish-irodasi  bildirishi  hech  qanday  yo‘l 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling