KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
236
237
Hozirgi
kunda
aksariyat
mamlakatlarriing
konstitutsiyalarida umumiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri, teng, yashirin
ovoz berish qoidalari o‘rnatib qo‘yilgan. Agar bu prinsiplar
qonunlarda belgilangan bo‘lsayu, saylovlar erkin va oshkora
o‘tmasa, unday saylovlarni demokratik saylov deb hisoblash
mumkin emas.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga, asosan ularning erkin
va oshkora o‘tkazilishi yoki aksincha bo‘lishiga qarab baho
berishadi. Shuning uchun ularni ham saylov huquqining
umume’tirof etilgan prinsiplari deb hisoblash mumkin.
Saylovlar faqat oshkoralik va erkinlik asosida o‘tkazilgan
taqdirdagina umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar to‘la
ravishda o‘z ifodasini topishi mumkin va shundagina ularning
ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |