I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
262 263 Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi. Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishi esa, masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilish, oshkoralik, jamoatchilik fikrini hisobga olish prinsiplariga muvofiq holda, vaqti-vaqti bilan yalpi majlislarga va Senat qo‘mitalarining (komissiyalarining) majlislariga chaqiriladigan senatorlarning faoliyatiga asoslanadi. Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Mazkur majlisni o‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi. Senatning birinchi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi. Senatning birinchi majlisida uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi, shu jumladan, qoida tariqasida: Elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanadi; Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari saylanadi; Senatning qo‘mitalari tuziladi. Senatning navbatdan tashqari majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senatning Raisi taklifiga yoki Senatga saylov o‘tkaziladi. Bu orada vakolat muddati tugagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasiga asosan, tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. Shu tariqa, shakllantirilgan Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyatiga asoslanadi. Palata faoliyatining tashkiliy shakli uning sessiyalar davrida, qoida tariqasida, haftasiga uch marta o‘tkaziladigan majlislaridir. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Mazkur majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisida uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi, shu jumladan, qoida tariqasida: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti; elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhini saylash; siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibini shakllantirish; Qonunchilik palatasi Spikerini saylash; Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini saylash; siyosiy partiyalarning fraktsiyalari va deputatlar guruhlarini ro‘yxatga olish; Qonunchilik palatasining qo‘mitalarini tuzish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling