I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasida


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

4-§. O‘zbekiston Respublikasida 
qonunchilik jarayoni
Mamlakatimizda  qonunchilik  jarayoninini  tartibga 
soladigan, tegishli normalarni doimiy tarzda takomillashtirib 
boradigan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilingan. Xususan, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  “O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”, 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati  to‘g‘risida”gi 
konstitutsiyaviy  qonunlar,  “O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  Reglamenti  to‘g‘nsida” 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti 
to‘g‘risida”,  “Normativ-huquqiy  hujjatlar  to‘g‘risida”  (yangi 
tahrir),  “Qonunlar  loyihalarini  tayyorlash  va  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish 
tartibi to‘g‘risidagi qonunlar hamda parlament palatalarining 
reglamentlarini misol tariqasida sanab o‘tishimiz mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  eng  muhim 
funksiyasi  -  qonunchilik  faoliyatidir.  Qonunchilik  faoliyati 
deganda,  qonun  loyihalarini  tayyorlash,  ularni  Qonunchilik 
palatasiga  taqdim  etish,  muhokama  qilish,  qabul  qilish, 
ma’qullash,  sanksiyalash  va  promulgatsiya  qilishdan  iborat 
bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon tushuniladi.
Ikki  palatali  parlament  sharoitida  qonun  ijodkorligi 
jarayoni quyidagi besh qismdan iborat bo‘ladi:
qonunchilik tashabbusi;
qonun loyihasini muhokama qilish;
qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
qonunni imzolash va e’lon qilish.
Qonunchilik  faoliyatining  dastlabki  bosqichida  qonun 
loyihasi  tayyorlanadi  va  Qonunchilik  palatasiga  taqdim 
etiladi.  Bu  bosqich  qonunchilik  tashabbusi  deb  yuritiladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  83-moddasiga 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling