I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
270
271
tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va 
e’lon  qilinishi  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga 
Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 
rad  etilgan  qonun  yuzasidan  Qonunchilik  palatasi  va  Senat 
yuzaga  kelgan  kelishmovchiliklarni  bartaraf  etish  uchun 
Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va  Senat  a’zolari  orasidan 
tenglik  asosida  kelishuv  komissiyasini  tuzishi  mumkin. 
Palatalar  kelishuv  komissiyasi  takliflarini  qabul  qilganda 
qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunni o‘z e’tirozlari 
bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  qaytarishga 
haqli.
Agar  qonun  avvalgi  qabul  qilingan  tahririda  tegishincha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun 
ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, 
nazorat-tahlil  tadbirlarini  tayyorlashga  va  o‘tkazishga 
ko‘maklashish  maqsadida  Qonunchilik  palatasi  hamda 
Senat  qo‘mitalari  huzurida  ekspert  guruhlari  tashkil  etiladi. 
Ushbu  ekspert  guruhlari  davlat  organlarining,  ilmiy  va 
ta’lim  muassasalarining,  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining 
tegishli  sohalarda  ilmiy  ish  tajribasiga,  qonun  loyihalarini 
tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali 
mutaxassislari  orasidan  tuziladi.  Qonunchilik  palatasining 
qo‘mitalari  huzurida  ekspert  guruhlarini  shakllantirish  va 
ularning  faoliyati  tartibi  Qonunchilik  palatasi  hamda  Senat 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan beigilanadi.
Qonun  ijodkorligi  faoliyatini  yanada  kuchaytirish 
Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi 
tomonidan qonunni ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan 
xulosa tayyorlaydigan mas’ul qo‘mitaga topshiriladi.
Mas’ul  qo‘mitaning  xulosasida  qonunni  ma’qullash  yoki 
rad etish to‘g‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. 
Qonunni  rad  etish  zarurligi  to‘g‘risidagi  xulosada  mas’ul 
qo‘mitaning  qonunni  rad  etish  zarur  deb  hisoblashining 
vajlari bayon etilishi lozim. Mas’ul qo‘mitaning xulosasi Senat 
Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining 
kun  tartibi  loyihasiga  kiritish-kiritmaslik  to‘g‘risida  qaror 
qabul qiladi.
Agar Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining 
ko‘pchilik  ovozi  bilan  ma’qullansa,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  Senati  ma’qullagan  qonun  imzolanishi  va 
e’lon  qilinishi  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga 
o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. 
Qonun  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilinib,  Senat 
tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan  imzolangach  va  qonunda  belgilangan  tartibda 
rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 
rad  etilgan  qonun  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik  palatasiga  qaytariladi.  Senat  tomonidan  rad 
etilgan  qonun  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  bir  oylik 
muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Agar  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati 
tomonidan  rad  etilgan  qonunni  qayta  ko‘rib  chiqishda 
Qonunchilik  palatasi  deputatlar  umumiy  sonining  uchdan 
ikki  qismidan  iborat  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qonunni  yana 
ma’qullasa,  qonun  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling