I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
268
269
o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlash mas’ul qo‘mita tomonidan 
amalga  oshiriladi.  Fraksiyalar  (deputatlar  guruhlari)  qonun 
loyihasini  dastlabki  tarzda  muhokama  qilish  yakunlariga 
ko‘ra mas’ul qo‘mitaga o‘z fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
Mas’ul  qo‘mita  fraksiyalar  (deputatlar  guruhlari), 
manfaatdor  tashkilotlar  hamda  ekspertlar  guruhlarining 
fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining 
dastlabki  tarzdagi  muhokamasini  o‘tkazadi  va  agar 
Qonunchilik  palatasi  Kengashi  tomonidan  boshqa  muddat 
belgilangan bo‘lmasa, qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran 
ikki oy ichida unga:
Qonunchilik  palatasi  Kengashining  qonun  loyihasini 
birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga 
kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasini;
mas’ul qo‘mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish 
yoki rad etish zarurligi asoslangan xulosasini;
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi 
bo‘yicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik 
palatasi Kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Qonunchilik  palatasi  qonun  loyihasini,  qoida  tariqasida, 
uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Qonun  loyihasi  birinchi  yoki  ikkinchi  o‘qishda  qabul 
qilingan  taqdirda,  mas’ul  qo‘mitaning  taklifiga  binoan 
qonunni keyingi o‘qishlar tartib-taomilini istisno etgan holda 
qabul  qilish  to‘g‘risidagi  masala  ovozga  qo‘yilishi  mumkin. 
Qonun  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  palata  deputatlari 
umumiy  sonining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qabul  qilinadi. 
Deputatlar  umumiy  sonining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qabul 
qilingan  qonun  Qonunchilik  palatasining  tegishli  qarori  va 
boshqa  zarur  materiallar  bilan  birgalikda  mas’ul  qo‘mita 
tomonidan  rasmiylashtiriladi  hamda  Qonunchilik  palatasi 
Spikeri tomonidan Senatga ko‘rib chiqish uchun o‘n kun ichida 
yuboriladi.
xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli 
takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval;
moddiy  xarajatlar  talab  qilinadigan  qonunlar  loyihalari 
uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini 
ko‘paytirishni,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 
byudjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi 
qonunlarning  loyihalari  yuzasidan  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
“O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 
palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga 
muvofiq,  Qonunchilik  palatasining  Kengashi  huzurida 
Qonunchilik palatasi devoni xodimlari orasidan uch kishidan 
iborat  tarkibda  kiritiladigan  qonun  loyihalarini  va  boshqa 
normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  ko‘rib  chiqishni 
tashkil  etish  bo‘yicha  muvofiqlashtiruvchi  guruh  tuzilishi 
belgilab qo‘yildi. Qunda kelib tushgan qonun loyihalarini va 
boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  ro‘yxatdan 
o‘tkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi a’zolarini ular haqida 
xabardor  qilish  va  ushbu  loyihalarni  bundan  keyin  kuzatib 
borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek,  fraksiyalarning  (deputatlar  guruhlarining) 
qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi 
shartligi  qonunda  mustahkamlab  qo‘yildi.  Bu  esa  siyosiy 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling