I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Prezidentlikka da’vogarlarga


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

2-§. Prezidentlikka da’vogarlarga 
qo‘yiladigan talablar
Prezident  har  qanday  mamlakatda  eng  yuqori  lavozim 
bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti, davlatning jahondagi o‘rni, xalqning 
turmush  farovonligi  uning  tutgan  yo‘liga  bog‘liq.  Tarixda 
Prezident lavozimida bo‘lib, o‘z mamlakatining taraqqiyotini 
ta’minlashga katta hissa qo‘shish orqali ijobiy nom qoldirgan 
Prеzidеnt  mаqоmi  u  qаndаy  vаzifаgа  (dаvlаt  bоshlig‘i,  ijrо 
hоkimiyat bоshlig‘i, хukumаt bоshlig‘i) egаligigа bоg‘liq.
O‘zbekiston  hali  Ittifoq  tarkibida  turgan  vaqtidayoq, 
ittifoqchi  respublikalar  orasida  birinchi  bo‘lib,  Prezident 
lavozimini  joriy  etgan.  Bu  O‘zbekistonning  Markazning 
roziligisiz,  uning  e’tirozlarini  inobatga  olmay  qilgan  katta 
siyosiy harakati edi.
Mamlakatimizda 1990-yil mart oyida Prezidentlik lavozimi 
joriy  etilib,  mustaqillik  uchun  katta  qadam  qo‘yildi.  Bu 
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan, tarixiy voqea 
bo‘lib, O‘zbekistonning keyingi taraqqiyotining belgilanishida 
hal qiluvchi vositalardan biri bo‘ldi. O‘zbekistonning amaldagi 
Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishda Prezidentlik 
instituti  yanada  rivojlantirilib,  takomillashtirilib,  qonuniy 
mustahkamlandi.
O‘zbekistonning  rivojlanishi,  demokratik  islohotlarning 
chuqurlashuvi Prezidentlik institutining ham doimiy ravishda 
takomillashib  borishiga  ta’sir  qilmoqda.  Konstitutsiyaning 
XIX bobi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» deb atalib, 
unda 9 modda (89-97-moddalar) Prezident faoliyatini tartibga 
soladi.
2003-yil  24-apreldagi  O‘zbekiston  Respublikasining 
Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga 
asosan,  Prezidentning  Vazirlar  Mahkamasi  raisi  bo‘lib 
hisoblanishi  bekor  qilingan,  uning  ayrim  vakolatlari  Oliy 
Majlisning  Senatiga  o‘tadigan  bo‘lsa,  2007  yil  11  aprelda 
Prezident  tomonidan  imzolangan  «O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
89-moddasiga, 
93-moddasining 
15-bandiga,  102-moddasining  ikkinchi  qismiga  kiritilgan 
tuzatishlar to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, Prezidentning ijro 
hokimiyati  boshlig‘i  funksiyasi  bekor  qilinib,  O‘zbekiston 
Prezidenti faqat davlat boshlig‘i bo‘lishi belgilandi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling