I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
282
283
Konstitutsiyada  yana  shunday  talab  borki,  ayni  bir  shaxs 
surunkasiga  ikki  muddatdan  ortiq  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. Bu qoida ham demokratik 
tamoyil va talablarga to‘la mos keladi. 
3-§. Prezidentni saylash tartibi
Prezidentlik  lavozimi  saylov  yo‘li  bilan  egallanadi. 
Prezident saylovi turli mamlakatlarda har xil o‘tkaziladi. Ayrim 
mamlakatlarda  Prezidentni  Parlament  saylaydi  (Chexiyada), 
ayrim  mamlakatlarda  Prezidentni  saylash  uchun  maxsus 
organ  tashkil  etiladi  (Germaniyada),  ayrim  mamlakatlarda 
Prezidentni  saylovchilar  vakillari  saylaydi  (AQShda),  ayrim 
mamlakatlarda Prezident xalq tomonidan bevosita saylanadi 
(Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston).
O‘zbekiston  Prezidentini  saylashning  Konstitutsiyaviy 
asosi  Konstitutsiyaning  90-moddasida  belgilangan.  Unga 
asosan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston 
Respublikasining  fuqarolari  tomonidan  umumiy,  teng  va 
to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish 
yo‘li  bilan  besh  yil  muddatga  saylanadi.  Ayni  bir  shaxs 
surunkasiga  ikki  muddatdan  ortiq  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘ttiz  besh  yoshdan  kichik  bo‘lmagan,  davlat  tilini  yaxshi 
biladigan,  bevosita  saylovgacha  kamida  o‘n  yil  O‘zbekiston 
hududida muqim yashayotgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti etib saylanishi mumkin.
Quyidagilar: 
qasddan  sodir  etilgan  jinoyati  uchun  ilgari  sudlangan 
fuqarolar; 
diniy  tashkilotlar  va  birlashmalarning  professional 
xizmatchilari  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga 
nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Prezidentlar  ham  (Jorj  Vashington,  Mustafo  Ota  Turk,  Sharl 
De  Gol),  mamlakatning  inqirozga  uchrashiga  sabab  bo‘lib, 
xalq,  jamoatchilik  nafratiga  uchrab,  salbiy  nom  qoldirgan 
Prezidentlar  ham  bo‘lgan  (Nikolae  Chaushesku,  Saddam 
Husayn).
Shuning  uchun  Prezidentlikka  saylanuvchilar  uchun 
jiddiy  talablar  qo‘yiladi.  O‘zbekiston  Konstitutsiyasining 
90-moddasida  O‘zbekiston  Prezidentligiga  saylanuvchilar 
oldiga qo‘yiladigan talablar belgilangan. Unga ko‘ra:
•  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  o‘ttiz  besh 
yoshdan kichik bo‘lmagan shaxs saylanadi. Bu Prezidentlikka 
da’vogarning tegishli hayotiy tajribaga ega bo‘lishini nazarda 
tutadi. Hayotiy tajriba bo‘lmasa, qanchalik bilimga ega bo‘linsa 
ham  davlatni  boshqarishda,  kerakli  qarorlar  qabul  qilishda 
qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin.
• Prezidentlikka da’vogar davlat tilini yaxshi bilishi kerak. 
Chunki davlat tili mamlakat aholisining aksariyat ko‘pchiligi 
so‘zlashadigan  til,  xalq  tilidir.  Xalqqa  rahbarlik  qilish  uchun 
uning  dilidagini  bilish  va  qalbiga  kirish  kerak.  Qalbga  esа 
fikrlar ona tilida bayon qilingan vaqtda yo‘l topish mumkin. 
Davlat boshlig‘ining og‘zidan eshitilgan so‘z xalqqa juda katta 
ta’sir qiladi. Xalq esа o‘zi tushunadigan tilda eshitishni ma’qul 
ko‘radi.
•  Prezidentlikka  da’vogar  saylovgacha  kamida  o‘n  yil 
bevosita  O‘zbekistonda  yashagan  bo‘lishi  kerak.  Bu  bo‘lajak 
davlat boshlig‘i mamlakat hayoti bilan bevosita tanish bo‘lishi, 
mavjud  sharoit,  yutuqlar  va  kamchiliklar  haqida  birlamchi 
ma’lumotga ega bo‘lishi zarurligidan kelib chiqadi.
• Va nihoyat, Prezidentlikka nomzod O‘zbekiston fuqarosi 
bo‘lishi  shart.  Chunki  davlatni  boshqarish  huquqi  faqat 
O‘zbekiston fuqarolariga tegishlidir.
Bunday  talablar  demokratiya  tamoyillariga  aslo  zid 
emas  va  boshqa  mamlakatlar  tajribasida  ham  qo‘llaniladi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling