I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
290
291
ikki yo‘l bilan erishiladi: yoki Prezident muayyan mansabdor 
shaxslarni  tayinlaydi,  Oliy  Majlis  esa  tasdiqlaydi  yoxud  Oliy 
Majlis tayinlaydi, nomzodni esa Prezident taqdim etadi.
2019-yil  5-martdagi  “Hukumatni  shakllantirish  tartibi 
demokratlashtirilishi  va  uning  mas’uliyati  kuchaytirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
qonun  qabul  qilinishi  natijasida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  (79,93,98-moddalari)ga  o‘zgartirish 
va  qo‘shimchalar  kiritildi.  Xususan,  Konstitutsiyaning 
93-moddasi,  birinchi  qismining  bandi  quyidagi  tahrirda 
bayon  etildi:  “O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasi  ma’qullaganidan  keyin  kiritilgan  taqdimiga  binoan 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  a’zolarini 
tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi”.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
O‘zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokurori  va  Hisob  palatasi  Raisini 
tayinlaydi  va  ularni  lavozimidan  ozod  qiladi,  keyinchalik  bu 
masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tasdig‘iga  kiritadi.  Shuningdek,  Prezident  Bosh  vazirning 
taqdimiga muvofiq viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar 
hokimini  tayinlaydi  va  lavozimidan  ozod  etadi,  keyinchalik 
bu  masalalarni  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashlarining 
tasdig‘iga kiritadi. Prezident o‘z qarori bilan Konstitutsiyani, 
qonunlarni  buzgan  yoki  o‘z  sha’ni  va  qadr-qimmatiga  dog‘ 
tushiradigan  xatti-harakat  sodir  etgan  tuman  va  shahar 
hokimlarini lavozimidan ozod etishga haqli.
Davlat  xavfsizlik  xizmati  borasida  Prezident  Davlat 
xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, 
keyinchalik  shu  masalalarga  doir  farmonlarni  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi.
Sud  hokimiyati  organlariga  kelganda,  shuni  aytish 
majburiy kuchga ega bo‘lmasada, dasturulamal sifatida qonun 
chiqaruvchi organga ham, mamlakatdagi jamoatchilik fikriga 
ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda  ushbu  normaning  amaldagi  tatbig‘i 
sifatida,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M. 
Mirziyoyevning  2017-yil  22-dekabrdagi  Oliy  Majlisga 
Murojaatnomasini  misol  tariqasida  ko‘rsatib  o‘tishimiz 
mumkin.  Mazkur  Murojaatnomada  Prezident  tomonidan, 
“Davlat  boshqaruvining  bunday  demokratik  usuli  bugun 
O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  keng  ko‘lamli  islohotlar, 
avvalambor,  xalq  bilan  muloqot  prinsipiga  g‘oyat  uyg‘un  va 
hamohang  bo‘lib,  bizning  ish  faoliyatimiz  samaradorligini 
yanada  oshirishga  xizmat  qiladi”
45
,  degan  fikrga  alohida 
to‘xtalib o‘tdilar.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ijro  etuvchi 
hokimiyatni tuzish bilan bog‘liq vakolatlari Konstitutsiyaning 
93-moddasining 8, 10, 11, 12, 13, 15, 20, 24-bandlarida bayon 
qilingan. Bunday vakolatlarning ko‘pligiga ikkita sabab bor:
birinchidan, Prezident bo‘lib saylangan shaxsning dasturi 
umumxalq  saylovlari  orqali  qo‘llab-quvvatlangani  uchun  u 
ijroiya hokimiyat organlarini tuzishda muayyan vakolatlarga 
ega  bo‘lishi  kerak.  Chunki  uning  dasturini  bajarish,  asosan, 
ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  zimmasiga  tushadi,  ularni 
tuzishda Prezidentning vakolatlari juda muhim o‘rin tutadi;
ikkinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyaviy 
tuzumining  asoslaridan  biri  bo‘lmish  hokimiyatlarning 
bo‘linishi  prinsipi  davlatning  biror-bir  organini  faqat  bir 
hokimiyat  tarmog‘i  tomonidan  tuziiishini  istisno  qiladi. 
Shuning  uchun  davlat  hokimiyatining  markaziy  organlarini 
tuzishga ham Prezident, ham Oliy Majlis jalb qilingan. Bunga 
45  Мирзиёев  Ш.М.  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Шавкат 
Мирзиёевнинг  Олий  Мажлисга  Мурожаатномаси.  -Тошкент:  “Ўзбекистон” 
НМИУ, 2018 — Б.З



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling