I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
302 303 etuvchi hokimiyati oliy organi hisoblanib, hokimiyatning mustaqil tarmog‘i - ijroiya hokimiyatni boshqaradi. U mamlakatning kundalik hayotiga oid masalalarni hal qilish uchun davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi hamda mamlakat taraqqiyoti istiqbolini belgilashda ishtirok etuvchi, bu borada keng vakolatlarga ega, kollegial organdir. Uning faoliyati jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga ta’sir qiladi. Boshqa hokimiyat tizimidagi davlat organlarini aslo kamsitmagan holda aytish mumkinki, hukumat faoliyati murakkab, ko‘p qirralidir. Ana shu ko‘p qirrali, murakkab faoliyatni maqsadli, samarali amalga oshirish usullarini topish maqsadida Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirish ustida doimiy ish olib boriladi. Turli mamlakatlarda hukumat har xil nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan, Italiyada - Vazirlar Kengashi, Xitoy xalq respublikasida - Davlat Kengashi yoki Markaziy xalq hukumati, Shveytsariyada – Federal Kengash, Fransiya, Litva hamda Chexiyada - hukumat, Rossiyada - hukumat va boshqalar 47 . O‘zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, Konstitutsiyaga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Ularning qanday nomlanishidan qat’i nazar hukumat o‘ziga xos xususiyat va umumiy belgilarga ega: 1) hukumat nisbatan mustaqil davlat hokimiyati tarmog‘ini tashkil etib, ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi; 2) hukumat amalda ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimiga rahbarlik qiladi; 3) hukumat - iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlaydigan boshqaruvning barcha tarmoqlari va jabhalariga rahbarlikni amalga oshiruvchi umumiy kompetentsiyaga ega organ; 4) 47 Конституции мира. Т.2. - Ташкент: Академия МВД Республики Узбекистан, 1997. - С. 523. oshirishlari hamda kishilarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy jihatdan erkin yashashlari uchun sharoit yaratib berishga qaratilgan. Professor H.T. Odilqoriev “Ijroiya hokimiyati ham vertikal, ham gorizontal ravishda o‘zaro bog‘langan davlat organlarining muayyan tizimidan iborat” 46 dеgan fikrni ilgari surib, yuqoridagi belgilar bilan bir qatorda, ijro etuvchi hokimiyat tizimining yaxlit ekanligi hamda o‘zbekiston davlat tuzilishining unitar xususiyatidan kelib chiqib, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi ichki vertikal bo‘ysunish tamoyiliga asoslanishiga ishora qiladi. Shunday qilib, ijro etuvchi hokimiyatga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Ijro etuvchi hokimiyat - bu davlat hokimiyati tizimining alohida mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, u Konstitutsiya va qonunlar, davlat dasturlari, parlament qarorlari, davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy rivojlantirish masalalarini hal qilishda aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, tashkillashtiruvchi, farmoyish beruvchi, tezkor-ijrochilik faoliyatni amalga oshirishda omilkorlik ila harakat qilish orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash va aholining turmush farovonligini yanada oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, o‘zining vakolatlari doirasida mamlakatning butun hududi yoki muayyan ma’muriy- hududiy birligida bajarilishi umummajburiy, tabiatan qonunosti hisoblangan huquqiy hujjatlar qabul qiladigan davlat boshqaruv organlarining yagona tizimi hisoblanadi. Amalda qonunchiligimizga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston Respublikasining Hukumati - respublika ijro 46 Ўзбекистан Республикасининг конституциявий ҳуқуқи / X.Одилқориев, ИТ.Тультеев, У.Х.Мухамедов. - Т. : Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2005. - Б. 328. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling