KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
298
299
taqdiri bo‘yicha o‘ta mas’uliyatli faoliyat tajribasi iste’foga
chiqqanidan so‘ng ham davlat va xalq manfaatlariga xizmat
qilishi lozim. Bundan tashqari, ushbu qoidaning mohiyatidan,
davlat va jamiyat boshqaruvini ma’lum muddat amalga
oshirgan shaxsga hurmat va ehtirom ko‘rsatilayotganligini
ham anglash mumkin.
Muayyan vaqt davlat boshlig‘i vakolatiga ega bo‘lgan
shaxsda senat a’zosi bo‘lish va umrbod ushbu lavozimda
qolish huquqining mavjudligi, sobiq prezidentning shaxsiy
daxlsizligiga kafolat sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Eng asosiysi, iste’foga chiqqan sobiq davlat boshlig‘ining
davlat organlari tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, vakolatining
mazmuniga ko‘ra ham asosiy vazifasi davlat boshqaruvi
sohasiga tegishli bo‘lgan organ Senatdan o‘rin olishi jamiyat
barqarorligini yanada mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |