I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
300 301 Davlat hokimiyatining ijro etuvchi tarmog‘i hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga ko‘ra, davlat mexanizmida hokimiyatning umumiy va maxsus vakolatga ega o‘ziga xos ijroiya organlar tizimi shaklida namoyon bo‘ladigan mustaqil tarmog‘i hisoblanadi. Ijro etuvchi hokimiyatning o‘ziga xos eng muhim xususiyati - bu uning faoliyati qonunlar ijrosini ta’minlash xarakteriga egaligida namoyon bo‘ladi. Bu hol davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi qonun ustuvorligi tamoyilining ajralmas belgisidir. Ijro etuvchi hokimiyat organlari umumiy va maxsus vakolatga ega kollegial yoki yakkaboshchilik boshqaruviga asoslangan, markaziy va mahalliy organlarni birlashtiruvchi ierarxik, ko‘ptarmoqli, funktsional murakkab tizimni tashkil etadi. Ushbu belgi va xususiyatlar ijro etuvchi hokimiyat tizimining o‘zi qabul qilayotgan qarorlar ijrosiga layoqatli mustaqil konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatidagi o‘rnini belgilaydi. Ijro etuvchi hokimiyat - ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va faoliyat shakllariga ega. Ayni paytda, uning shakllanishda hosila organ ekanligi, ya’ni ikkilamchiligi, qonun asosida faoliyat yuritishi, universalligi, unga xos jo‘shqinlik (dinamik), o‘z vakolat doirasining mavjudligi, ierarxik qurilgan apparat va ko‘psonli profestsional xizmatchilarga ega bo‘lishi, tashkilotchilik xususiyatining mavjudligi va nihoyat, farmoyish berish huquqiga ega ekanligi kabilar uning o‘ziga xos asosiy belgilari sanaladi. Davlatning umumiy funksiyasidan kelib chiqib, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining asosiy maqsadi: birinchidan, fuqaro, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash; ikkinchidan, fuqaro hayoti, jamiyat farovonligi, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi uchun sharoit yaratib berish; uchinchidan, fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq va erkinliklarini amalga Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling