8-MАVZU: O‘ZBЕKISTОN
RЕSPUBLIKАSINING VАZIRLАR
MАHKАMАSI
RЕJА:
1-§. Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston Respublikasining
hukumati.
2-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
shakllanish tartibi va tarkibi.
3-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
asosiy funksiyalari.
4-§.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlari.
1-§. Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston
Respublikasining hukumati
O‘zbekistonda Konstitutsiyaning 11-moddasi asosida davlat
hokimiyati tizimining uchta hokimiyat - hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipini
ro‘yobga chiqarish maqsadida keng qamrovli dasturiy chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi
davlat hokimiyati tizimi vakolatlarini oqilona taqsimlash va
uning faoliyati samaradorligini oshirishda sifat jihatidan yangi
bosqichni boshlab berdi.
Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining tutgan o‘rni va rolini aniqlash maqsadida
quyida ijro etuvchi hokimiyatning umumiy tavsifi va uning tub
mohiyatini aks ettiruvchi asosiy belgilariga e’tibor qaratamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |