I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
312
313
miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir 
necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  taqdim  etilgan  Bosh 
vazir  lavozimiga  nomzodni  ko‘rib  chiqqanidan  keyin  o‘n 
kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bu bosqichda Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan 
paytda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin 
muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini 
taqdim etishi talab etiladi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun o‘zbekiston Respublikasi 
Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va  Senati 
a’zolari  umumiy  sonining  yarmidan  ko‘pi  tomonidan  ovoz 
berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Qonunchiligimizda  Bosh  vazir  saylanishi  bilan  bog‘liq 
masalalarda  turli  vaziyatlarni  hisobga  olgan  holda 
yondashilganini  ko‘rishimiz  mumkin.  Xususan,  agar  ovoz 
berish vaqtida Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
yoki  Senati  a’zolari  umumiy  sonining  ko‘pchilik  ovozini 
ololmasa,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasidagi 
barcha  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari  bilan  qo‘shimcha 
maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga 
nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Vazirlar  Mahkamasining  a’zolari  Bosh  vazir  taqdimiga 
binoan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 
tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Parlamentga  Bosh  vazir  faoliyatini  kuzatib  borish  va 
nazorat qilish funksiyasi berilgan. Bosh vazir va O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  o‘rtasida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazir  vazifasini  bajaruvchi 
tayinlanishi  va  Oliy  Majlis  yoki  uning  palatalaridan  birining 
tarqatib  yuborilishi  to‘g‘risidagi  qoida  mustahkamlandi. 
To‘rtinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining 
lavozimidan  ozod  etilishi  bir  vaqtning  o‘zida  O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘lishi 
qonunda belgilab qo‘yildi.
Hozirgi  kunda,  Vazirlar  Mahkamasi  tarkibiga  O‘zbekiston 
Respublikasi  Bosh  vaziri,  uning  o‘rinbosarlari,  vazirlar, 
davlat qo‘mitalarining raislari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  hukumatining  boshlig‘i  Vazirlar  Mahkamasi 
tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar  Mahkamasini  shakllantirish,  dastlab  saylovda 
eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki bir 
necha  siyosiy  partiya  tomonidan  qo‘llab-quvvatlangan  va 
ilgari  surilgan  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
tomonidan taqdim etilgan Bosh vazir nomzodini O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
va Senati a’zolari tomonidan saylash orqali boshlanadi.
Bu  jarayon  biroz  murakkab  ko‘rinsada  u  o‘ziga  xos 
mantiqiy  ma’noga  va  tartibga  ega.  Ushbu  qoidalar 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida,  “Davlat 
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning 
rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  Qonun, 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‘g‘risida”gi 
Qonun  hamda  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
Qonunchilik  palatasining  Reglamenti  to‘g‘risida”gi  va 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti 
to‘g‘risida”gi Qonunlarda batafsil yoritilgan.
Jumladan,  Bosh  vazir  nomzodi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  saylovda  eng 
ko‘p  deputatlik  o‘rinlarini  olgan  siyosiy  partiya  yoki  teng 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling