I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
316 317 uchinchisi - Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi; to‘rtinchisi — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va engil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi; beshinchisi - Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi; oltinchisi - Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq- ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi; ettinchisi - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi; sakkizinchisi - O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq, shuningdek, ishlarning samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiruvchi vazirliklar va davlat qo‘mitalari ham mos ravishda isloh etib borilmoqda. Masalan, 2017-yil 29-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmoni va boshqalar. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda. Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi. Har bir davlat ijro etuvchi hokimiyat tizimini yaratishda, xususan, Hukumatni tashkil etishda uning optimal modelini ham tashkiliy jihatdan ham huquqiy jihatdan ta’minlashda qator omillarga tayanishi tabiiy. Bunda asosiy maqsad davlatning yaqin va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan vazifalarni bajarishga qodir va mos tarkibni shakllantirish hamda ular o‘rtasida ustuvor vazifalarni taqsimlash muhim. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining umumiy rahbarlikni amalga oshirish bilan bir qatorda bevosita elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash hamda madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri ishining hajmi va ko‘lamidan kelib chiqqan holda sakkiz nafar o‘rinbosarlari bir qator komplekslarga rahbarlik qilishadi. Bular quyidagilar: birinchisi - Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi; ikkinchisi - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling