I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
330
331
shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 
12-son  qarori  talablariga  hamda  Vazirlar  Mahkamasining 
apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq amalga 
oshiriladi. Bunda, 2018-yil iyuldan barcha normativ-huquqiy 
hujjatlar  loyihalari,  loyihani  ishlab  chiquvchi  tashkilotlar 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari  portaliga  jamoatchilik  muhokamasi  o‘tkazilishi 
uchun joylashtiriladi.
Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va  farmoyishlari  loyihalari 
vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari,  agentliklar,  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Bosh  vazirining  o‘rinbosarlari  topshiriqlariga 
muvofiq yoxud tashabbus ko‘rsatish tartibida ishlab chiqiladi. 
Ushbu  hujjat  loyihalarini  tayyorlash  manfaatdor  idoralar  va 
tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan 
loyihalar  belgilangan  tartibda  manfaatdor  vazirliklar 
va  idoralar  bilan  hamda  majburiy  tartibda  O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
Vazirlar  Mahkamasining  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  bilan  majburiy  ravishda  kelishib  olinishi  lozim 
bo‘lgan  qarorlari  va  farmoyishlari  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri yoki uning topshirig‘iga binoan Bosh vazir o‘rinbosarlari 
yoxud  Vazirlar  Mahkamasi  Apparatining  boshqaruvchisi 
tomonidan kiritiladi.
Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va  farmoyishlarining 
ayrim  loyihalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
Administratsiyasida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
devonining  Reglamentida  nazarda  tutilgan  tartibda  ko‘rib 
chiqiladi hamda kelishiladi.
majlislaridagi,  boshqa  muhim  tadbirlardagi  nutqlarida, 
shuningdek, ko‘rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan 
siyosatni amalga oshirishga yo‘naltiradi.
Shu bilan birga uning ishi Prezident farmonlari, qarorlari 
va  farmoyishlaridan,  shuningdek,  Oliy  Majlis  va  Vazirlar 
Mahkamasi  qarorlaridan  kelib  chiquvchi  vazifalar  asosida 
shakllantirilgan  yarim  yillik  rejalarga  muvofiq  olib  boriladi. 
Xususan,  Vazirlar  Mahkamasining  yarim  yillik  uchun  ish 
rejasida  Vazirlar  Mahkamasi  majlislari  rejasi,  Rayosat 
majlislarini  o‘tkazish  rejasi  hamda  tarmoqlarda,  iqtisodiyot 
sohalarida  va  mintaqalarda  iqtisodiy  islohotlarning  borishi 
masalalarini Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida ko‘rib chiqish 
rejasi, shuningdek, doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa 
ishchi  organlar  majlislarining  kalendar  rejasi  aks  etgan 
bo‘ladi.  Shu  bilan  birga,  axborot-tahlil  departamentlari  va 
boshqa tarkibiy bo‘linmalarning, shuningdek, ular rahbarlari 
va  mutaxassislarining  yarim  yillik  ish  rejalari  belgilangan 
tartibda tasdiqlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining 
ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‘g‘risida”gi 
Qonun  bilan  uning  vakolatiga  kiritilgan,  shuningdek, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  belgilangan 
masalalar kiritiladi.
Masalalar  qoida  tariqasida,  belgilangan  tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari 
va  farmoyishlari  loyihalari  shaklida  kiritiladi.  Hujjatlar 
loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko‘rib chiqishga 
tayyorlash  Hukumat  Reglamenti,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va 2017-
yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarorlarida belgilangan talablar, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling