I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

4-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlari
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
iqtisodiyotning,  ijtimoiy  va  madaniy  sohaning  samarali 
faoliyatiga  rahbarlikni,  qonunlar,  Oliy  Majlisning  boshqa 
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari  va  farmoyishlari  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 
amaldagi  qonunlarga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududidagi  barcha  organlar,  korxonalar,  muassasalar, 
tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  tomonidan 
bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar  Mahkamasi  konstitutsiyaviy  normalar  doirasida 
va  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  O‘zbekiston 
Respublikasining  butun  hududidagi  barcha  organlar, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va 
farmoyishlar  chiqaradi.  Vazirlar  Mahkamasining  normativ-
huquqiy  tusdagi  yoki  o‘ta  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
hujjatlari  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  shaklida  qabul 
qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar 
bo‘yicha  qarorlari  Vazirlar  Mahkamasining  farmoyishlari 
shaklida qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling