I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
328
329
O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  93-moddasiga  asoslangan 
holda  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari,  farmoyishlarini  hamda 
Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  agar 
ularda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan 
kundan  boshlab  kuchga  kiradi.  Vazirlar  Mahkamasining 
normativ-huquqiy tusdagi qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida 
kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan 
kundan  e’tiboran  kuchga  kiradi.  Vazirlar  Mahkamasi  o‘zi 
qabul  qilgan  qarorlarning  bajarilishi  ustidan  bevosita  yoki 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik 
boshqaruvining  boshqa  organlari  orqali  nazoratni  amalga 
oshiradi.
Vazirlar  Mahkamasining  normativ-huquqiy  tusdagi 
qarorlari  “O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  qarorlari 
to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” 
va  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  ma’lumotlari 
milliy  bazasida  e’lon  qilinadi,  zarur  bo‘lgan  taqdirda  esa 
boshqa  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  ham  keng  omma 
e’tiboriga yetkaziladi.
Har  qanday  markaziy  davlat  organi  singari  Vazirlar 
Mahkamasining  2005-yil  14-fevraldagi  62-son  qarori 
bilan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
Reglamenti” qabul qilingan, unda bir qator muhim masalalar 
bilan  birga  Vazirlar  Mahkamasi  ishini  tashkil  etish  tartib-
qoidalari va taomillari belgilangan.
Jumladan, unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi o‘z ishini avvalo 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarini  amalga  oshirishga, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
ishlab  chiqilgan  hamda  uning  farmonlari,  qarorlari  va 
farmoyishlarida,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
palatalari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
idoralar  hamda  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvining  boshqa 
organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirishni,  ularning  ishini 
nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar 
beradilar,  Vazirlar  Mahkamasi  muhokamasiga  kiritilgan 
takliflarni  hamda  qaror  va  farmoyishlarning  loyihalarini 
dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling