I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
324
325
Ikkinchidan,  Vazirlar  Mahkamasi  vazirliklar,  davlat 
qo‘mitalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti hisobidan ta’minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa 
organlarining  markaziy  devoni  xodimlari  sonini  va  ular 
ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini belgilaydi.
Uchinchidan,  Vazirlar  Mahkamasi  vazirliklar,  davlat 
qo‘mitalari  va  davlat  boshqaruvining  boshqa  organlarini 
tuzish  hamda  tugatish  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi. Bu kabi taqdimnomalarni 
tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish 
tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
To‘rtinchidan,  vazirlar  va  davlat  qo‘mitalari  raislarining 
o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Shuningdek, 
davlat  boshqaruvi  boshqa  organlarining  rahbarlari  va 
ularning  o‘rinbosarlari,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha 
qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  tomonidan  lavozimga  tayinlanadi  va  lavozimidan 
ozod etiladi.
Beshinchidan, Vazirlar Mahkamasi o‘zi tomonidan tashkil 
etiladigan  xo‘jalik  boshqaruvi  organlarining  rahbarlarini 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  bilan  kelishilgan  holda 
tasdiqlaydi.
Oltinchidan,  davlat  boshqaruvi  organlari  hay’atlarining 
a’zolari,  shuningdek,  hukumat  tomonidan  tashkil  etiladigan 
xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  boshqaruvlarining  a’zolari 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ettinchidan,  Vazirlar  Mahkamasi  zarurat  bolganda  o‘z 
vakolatiga kiruvchi davlat boshqaruvining ayrim masalalarini 
hal  etishni,  agar  bu  masalalarning  hal  etilishi  qonun 
hujjatlarida  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  mutloq 
madaniyat,  san’at,  jismoniy  tarbiya  va  sportni 
rivojlantirishga,  madaniy  qadriyatlardan  keng  ko‘lamda 
foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy 
hayotda to‘la huquqli tarzda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
ish  o‘rinlari  tashkil  etish  va  aholi  bandligini  ta’minlash 
dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, fuqarolarni 
ijtimoiy himoya qilish, ularning ijtimoiy va pensiya ta’minoti 
tizimlari  faoliyat  ko‘rsatishini  ta’minlaydi,  oila,  onalik  va 
bolalikni himoya qilishga ko‘maklashadi, yoshlarga oid davlat 
siyosatini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza 
qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika ahamiyatiga va 
xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga 
chiqarish  bo‘yicha  chora-tadbirlarni  amalga  oshiradi,  yirik 
avariyalar  va  halokatlarning,  shuningdek,  tabiiy  ofatlarning 
oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa 
qobiliyatini ta’minlash, davlat chеgaralarini qo‘riqlash, davlat 
manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston  Respublikasining  xorijiy  davlatlar  va  xalqaro 
tashkilotlardagi  vakilligini  ta’minlaydi,  hukumatlararo 
shartnomalar tuzadi, ularni ijro etish choralarini ko‘radi;
tashqi  iqtisodiy  faoliyat,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy 
hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
Vazirlar  Mahkamasi  davlat  boshqaruvi  sohasida  ham 
salomoqli vakolatlarga ega, Shu bois unga vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining 
boshqa  organlari  ishini  muvofiqlashtirib  hamda  yo‘naltirib 
borish vazifalari yuklatilgan.
Birinchidan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda 
davlat  boshqaruvining  boshqa  organlari  haqidagi  nizomlar 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling