I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
332
333
farmoyishlar  Prezident  yoki  Bosh  vazirning  topshirig‘iga 
binoan  matbuotda  e’lon  qilinadi,  televidenie  va  radio  orqali 
eshittiriladi.
Mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr.
O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi 
Vаzirlаr 
Mаhkаmаsini 
shаkllаntirish tаrtibi vа аsоslаrini yoritib bеring.
O‘zbеkistоn  Rеspublikаsi  Vаzirlаr  Mаhkаmаsining 
kоnstitutsiyaviy-huquqiy  mаqоmini  qоnunchilik  dоirаsidа 
bаtаfsil yoritib bеring.
O‘zbеkistоn  Rеspublikаsi  Vаzirlаr  Mаhkаmаsining 
shаkllаnish tаrtibi vа huquqiy аsоslаri hаqidа gаpirib bеring.
O‘zbеkistоn  Rеspublikаsi  Vаzirlаr  Mаhkаmаsining  аsоsiy 
vаzifаlаrining mаzmun-mоhiyatini аtrоflichа muhоkаmа qilib 
bеring.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа Bоsh vаzirni vаzifаsidаn оzоd 
qilish tаrtibini qоnunchilik dоirаsidа bаtаfsil yoritib bеring.
O‘zbеkistоn  Rеspublikаsidа  Bоsh  vаzirgа  ishоnchsizlik 
vоtumini  bildirish  tаrtibining  mаzmun-mоhiyatini  bаtаfsil 
yoritib bеring.
Vazirlar  Mahkamasi  majlislari  har  chorakda  kamida  bir 
marta o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida O‘zbekiston 
Respublikasining  Bosh  vaziri  raislik  qiladi.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  Vazirlar  Mahkamasi  majlislarida 
raislik  qilish  huquqiga  ega.  Ushbu  majlislarda  “O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Qonunining  14-moddasida  nazarda  tutilgan 
masalalar,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
topshiriqlariga  va  Vazirlar  Mahkamasi  Rayosati  qarorlariga 
muvofiq boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari,  farmoyishlari  ular 
imzolangan  sana  bo‘yicha  rasmiylashtiriladi  hamda  tegishli 
Axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar 
tomonidan  tuziladigan  jo‘natish  ro‘yxati  bo‘yicha  darhol 
ijrochilarga yuboriladi.
Bunda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
qarorlari (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari 
bilan  birga)  majburiy  tartibda  belgilangan  tartibda  rasmiy 
e’lon  qilish  hamda  ijrochilarga  yetkazish  uchun  O‘zbekiston 
Respublikasi  Adliya  vazirligiga  qog‘oz  va  elektron  shaklda 
yuboriladi.
Vazirlar  Mahkamasining  normativ  tusdagi  qarorlari 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari to‘plamida 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plamida  va 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasida e’lon qilinadi.
Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  agar 
ushbu  hujjatlarda  boshqa  muddatlar  belgilanmagan  bo‘lsa, 
imzolangan  vaqtidan  boshlab  kuchga  kiradi.  Normativ 
xususiyatga  ega  bo‘lgan  qarorlar,  agar  ushbu  hujjatlarda 
boshqa  muddat  belgilanmagan  bo‘lsa,  ular  rasmiy  e’lon 
qilingan  kundan  boshlab  kuchga  kiradi.  Respublikani  keng 
va  tezkorlik  bilan  tanishtirish  zarur  bo‘lganda  qarorlar  va 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling