I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
342
343
Kengashlarida  tasdiqlanishi  shartligi,  Kengash  qarorlari, 
albatta,  hokim  tomonidan  imzolanish  tartibi  o‘rnatilishi,  bu 
organlar bo‘ysunish asosida emas, hamkorlik asosida ish olib 
borishini  bildiradi.  “Mahalliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risida”gi 
Qonunda (1-modda), hokim viloyat, tuman va shaharda oliy 
mansabdor  shaxs,  deb  ko‘rsatilishi  bilan  birga,  ular  xalq 
deputatlari  Kengashlari  oldida  hisobdordirlar,  deb  ham 
belgilangan.  Shu  qoida  ham  xalq  deputatlari  Kengashlari 
bilan  hokimning  munosabatini,  ularning  bir-biriga  nisbatan 
mavqeyini ko‘rsatadi.
Hokim  lavozimi  davlat  boshqaruv  tizimida  muhim  rol 
o‘ynashi e’tiborga olinib, ularning vakolat muddati, lavozimga 
tayinlash  va  ozod  qilish  tartiblarini  belgilovchi  asosiy 
qoidalar  Konstitutsiyada  belgilangan.  Konstitutsiyaning 
101-moddasida xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning 
vakolat muddati besh yil, deb belgilangan. Bu muddat hokim 
shu еrdagi sharoit bilan to‘la tanishishi, ish uslubi va qobiliyati 
qanday  darajada  ekаnligi,  faoliyatining  natijalariga  baho 
berishi  uchun  еtarli  bo‘ladi.  Shu  muddatda  rahbar  o‘zining 
barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlarini  to‘la  namoyon  qila 
olishi  mumkin.  Konstitutsiyaning  102-moddasida  viloyatlar, 
Toshkent  shahar,  tuman  va  shahar  hokimlarini  lavozimga 
tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibini belgilaydi.
Xalq  deputatlari  Kengashi  Prezident  tomonidan  taqdim 
etilgan nomzodlarni uch marta rad etsа, ya’ni tasdiqlamasa, 
Prezident hokim vazifasini bajaruvchi tayinlash, tegishli xalq 
deputatlari Kengashlarini tarqatib yuborish huquqiga ega.
2011-yil  18-aprelda  Prezident  tomonidan  imzolangan 
“Konstitutsiyaning  ayrim  moddalariga  o‘zgartish  va 
qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  Qonun  bilan  viloyat 
va  Toshkent  shahar  hokimini  tayinlashga  doir  yangi  holat 
kiritildi. Unga asosan, Konstitutsiyaning 93-modda 15-bandi 
quyidagicha  bayon  qilindi:  “O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 
Bu  mahalliy  vakillarga  ishonch,  e’tiborni  ko‘rsatadi.  Buning 
natijasida, aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi 
o‘rni yanada kengayadi.
Hozirgi kunda Oliy vakillik organi - Oliy Majlis bilan xalq 
deputatlari  Kengashlarining  o‘zaro  aloqasini  kuchaytirish 
orqali  vakillik  demokratiyasini  yanada  kuchaytirish  davlat 
qurilishi sohasidagi asosiy vazifalardan bo‘lib turibdi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling