I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
4-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Mаmlаkаtimizdа аmаlgа оshirilаyotgаn kеng ko‘lаmli islоhоtlаrning hоzirgi bоsqichidа siyosiy jаbhаdаgi yangilаnishlаrning аsоsiy yo‘nаlishi ijtimоiy hаyotning bаrchа sоhаlаrini dеmоkrаtlаshtirishgа, хаlqimiz turmush tаrzining yanаdа fаrоvоnlаshuvigа, rеspublikаmiz оbоdligi vа tаrаqqiyotini tа’minlаshgа, Vаtаnimizning оbro‘-e’tibоrini yanаdа yuksаltirish, аyniqsа, yosh аvlоdni tаrbiyalаshgа хizmаt qilishgа qаrаtilgаndir. Shuningdеk, O‘zbеkistоn Rеspublikаsining rivоjlаnishidа dаvlаt bоshqаruvidа hаmdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni аmаlgа vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi”. Bu еrda hokimlarning Prezident tomonidan tayinlanishi haqida gap ketmoqda. Tuman va shahar hokimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilish tartibini belgilovchi konstitutsiyaviy normalar o‘zgarishsiz qoldirildi. Konstitutsiyaning 102-moddasi normalariga asosan, tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Mahalliy hokimiyat organlari - xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar joylardagi davlat hokimiyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Mahalliy davlat organlari joylarda davlat vazifalarini amalga oshiradi. Ularning ixtiyoriga berilgan vazifalar Konstitutsiyada aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunda ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun еtarli darajada vakolatlar belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 100-moddasiga asosan, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagi vazifalar kiradi: 1) qonuniylikni, huquq-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 3) mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; 4) mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; 5) atrof-muhitni muhofaza qilish; 6) fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash. Bundan tashqari, Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmaydigan boshqa vazifalarni ham vakolat doirasida amalga oshiradilar. Konstitutsiyaning 101-moddasiga asosan, mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling