Internet, tv lar vositasida akbarova Mohigul Gulomovna
Download 29.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqGuldu konfrensiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Babamurodov Eshmamat Kamilovich
SIRDARYO VILOYATINING MADANIY MEROSINI ASRAB AVAYLASH, MADANIY SOHADA TURIZMNI YANADA RIVOJLANTIRISH. TURISTIK OQIM KO’LAMINI OSHIRISHDA MILLIY MUSIQA SAN’ATIMIZ NAMUNALARIDAN KENGROQ FOYDALANISH. (INTERNET, TV LAR VOSITASIDA) Akbarova Mohigul Gulomovna Guliston davlat universiteti “San’atshunoslik” fakulteti. Musiqiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi. maysaraakbarova@gmail.com Babamurodov Eshmamat Kamilovich Guliston davlat universiteti “San’atshunoslik” fakulteti. Musiqiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi “Agar biz asl, haqiqiy sanʼatni bilmoqchi oʻrganmoqchi boʻlsak, avvalo, mumtoz maqom sanʼatini bilishimiz, oʻrganishimiz kerak. Ana shunday ulkan maʼnaviy boylikning shakllanishi va taraqqiyotida, bu umrboqiy sanʼatning bizgacha yetib kelishida beqiyos xizmat koʻrsatgan ulugʻ shoir va mutafakkirlar, bastakor va sozandalar, buyuk hofizlarning xotirasini hurmat ehtirom bilan yod etamiz”, O‘zbekiston respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyev. Agar madaniyat va ma’naviyat sohalari tarkibida san’at, udumlar, an’analar urf odatlar va boshqalar bo‘lsa, ma’lum xalqning madaniyat tarixi doirasida meros qoldirish jarayoni yaxshiroq kechadi. Boshqa sohalarda esa texnika, fan, kabi sohalardagi bir xalqqa tegishli meros boshqa xalqlarga ham tegishli mulkka aylanadi. Keyingi avlodlarga meros qoldirish uchun madaniyatda belgilangan usul va mexanizm mavjud. Ulardan ba’zilari qadimdan amal qiladi, bu – namoyish qilish, og‘zaki uzatish, folklor, san’at; boshqa usullar keyinroq paydo bo‘ldi, bu – kino tasviri, ohonrabo yozuvi, kompyuter xotirasi. Barcha jamiyatlarda ham haqaqatdan ma’naviy merosning foydalanish imkoniyatlarini o‘zgartirish sharoiti bir xilda emas. Ular ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy omillar bilan belgilanadi. Bu omillar merosning hajmi, tanlash xususiyati, intensivligiga bog‘liq. Bizga ma’lumki sovet jamiyatida kommunistik g‘oya hukmronligi davrida xalqlar, xususan O‘zbekistonda ham o‘zining haqiqiy tarixiy, milliy va ma’naviy merosidan mahrum etilgan edi. Umuman, madaniy merosdan mutlaqo mahrum bo‘lgan yoki foydalanmagan jamiyat yoki xalqlar tarixda bo‘lishi mumkin emas.1 Faqat soha vakillariga ma’lumki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Madaniy meros agentligining qayta tashkil qilinishi, ushbu sohaga berilayotgan eʼtiborning yaqqol namunasidir. Sirdaryo viloyatida 78 ta turli manzillar, jumladan, 18 tasi arxeologiya, 15 tasi arxitektura, 41 tasi monumental va 4 tasi diqqatga sazovor joylar madaniy meros obyektlari roʻyhatiga kiritilgan.2 Lekin buni boshqa xalq vakillari bilmasligi bilan bir qatorda yutimiz aholisining ham ko’plab qatlam kishilari na eshitgan van a ko’rgan. Biz turistik oqimni jalb qilishimiz uchun avvalo viloyatizda mavjud madaniy yodgorliklar, milliy urf odatlar va milliy musiqa merosi haqida avvalo viloyat aholisini, bosqich bilan butun yurtimiz aholisini mavju imkoniyatdan foydalanib televideniye, internet tarmoqlarida habardor qilishimiz kerak. Qiziqish o’zimizda bo’lsa so ’ng kimnidir qiziqtirishga ishtiyoqimiz bo’ladi. Xalqimiz madaniy merosi necha ming yillar mobaynida shakllangan, saqlangan va hali hanuz izlanilmoqda ham. Unda turli davrlarda O‘zbekiston xududida e’tiqod qilingan zardo‘shtiylik, buddizm, islom va boshqa dinlar yaratgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida yaratilgan va mujassamlashgan. Butun dunyoga mashhur imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Naqshbandiy, Yassaviy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, A. Navoiy kabi ko‘plab buyuk mutafakkirlarning bilimi va salohiyatidan barpo bo ‘lgan, bizning madaniy merosimizda Amir Temur va Boburlarning davlatchilik va siyosiy qurilish tajribalari hamda buyuk me’morchilik yodgorliklari, tasviriy san’at, milliy musiqa, amaliy san’at asarlari: xalq urf-odatlari va an’analari, milliy sport turlari uyg‘unlashgan. Bugun shiddatlikning eng yuqori darajasi bilan rivojlanib borayotgan texnoolamda har qanday ma ‘lumot va yangiliklarni yorug’lik tezligida tarqatish mumkin deb barilla ayta olamiz. Sababi ijobiy yohud salbiy bo ‘lmasin kontentlarning tez ommalashib, tarqalib ketishi bu jarayondan ijobiy foydalanilsa juda kata samara berishini million marotaba isbotini ko ‘rayapmiz. Nega endi biz Sirdaryo viloyatida hususan Sirdaryo hududiga tegishli bo ‘lgan milliy musiqa san‘ati va uning tarkibiga kiruvchi urf odatlar. Milliy. Folklore, marosim qo’shiq va raqslarini asl ildizini topib, qanday ? qachon? Kimlar tomonidan v anima sababdan paydo bo ‘lganligi haqidagi videorolik, musiqiy kompozitsion chiqishlar va yoki ijrolarni ma’lum bir tarmoqlarda yoritib bormasligimiz kerak. Uning o ‘rniga oldi qochti, yoshlar ongini allaqachon zaharlab bo’lgan “vine” “content” “trend” larga yo ‘l berib qo ‘ymoqdamiz. Shu o ‘rinda savol paydo bo ‘ladi. Qanday qilib Sirdaryo hududidagi musiqiy meros namunalarini jamlaymiz? Albatta dast avvali ma’lum va tayyor materiallardan foydalanamiz bunda Sirdaryo tarixiga doir qo ‘lyozma, kitoblar va videomateriallardan foydalanish joiz. Misol: Mirzachoʻlni oʻzlashtirish bilan bogʻliq boy tarixi bor. Lekin garchi choʻlu biyobon oʻrnida bunyod boʻlgan boʻlsa-da, viloyat hududida uzoq tarixdan xabar beruvchi tarixiy obidalar talaygina. Ulardan mashhuri karvon yoʻli ustida qurilgan Sardoba tumanidagi “Sardoba” suv inshooti boʻlsa, Sayxunobod tumanida qoldiqlari topilgan qadim Xushkat, Sirdaryo tumanidagi Kattaqiztepa shaharsozlik tarixiga oid nodir manzillar sanaladi. Xushkat Shohruhiya shahriga yaqin masofada joylashgan, Sirdaryo sohili atrofidagi kent boʻlgan. Xovos tumanidagi “Eski Xovostepa” arxeologik yodgorligidan esa ilm-fan va tarix uchun muhim ahamiyatga ega koʻpgina osori atiqalari topilgan.3 Bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahrida hususan Guliston davlat universitetida “San’atshunoslik fakulteti” mavjud va ushbu fakultet Tasviriy san’at, Musiqiy ta’lim yo’nalishlari va bu kafedralarda bir nechta san’at va madaniyat guruhlarida talabalar bilim olmoqdalar. Bilim olish bilan bir barobarida o ‘zlari tanlagan sohalarda amaliy tadbirlar, turli tanlovlar, mahalliy hamda xalqaro tanlov va festivallarda faol ishtirok etmoqdalar. Talabalar o ‘z ishtiroklari bilan Avvalo mamlakatimiz hamda Sirdaryo viloyatining milliy madaniy hayotiga ham ijobiy tasir etmoqdalar. Biz maqolamiz boshiqa yurtboshimiz fikrlariga alohida urg’u berdik sababiki madaniy meros qatlamida milliy mumtoz musiqasi ham o ‘rin egallaydi, Mumtoz kuy qo’shiqlar asrlar o ‘tsa ham o ‘z qadrini yo ‘qotmaydi va qadrli narsalar barchaga birdek maqul keladi. Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, yoshlarning madaniyat va sanʼat maskanlaridagi turli badiiy havaskorlik toʻgaraklarida hamda maʼnaviy –maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish,, ga alohida e’tibori biz viloyat aholisini yanada ilhomlantiradi. Madaniy tadbirlar sirasiga albattabirinchilardan mumtoz maqom o’rin eggalashi aniq. Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom sanʼati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy anʼanalari bilan maʼnaviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Аsrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob sanʼat nafaqat yurtimiz va Sharq mamlakatlarida, butun dunyo miqyosida katta shuhrat va eʼtibor qozongan. Mumtoz musiqa bilan bir qatorda foklor, bahshicilik namunalari ham insonni o’ziga jalb etishi turgan gap. Hususan Respublikamizda uchinchi bor o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bu yil Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 3 kun davomida bo‘lib o‘tgani ham bunga yaqqol misoldir. Festivalning kata qamrov hamda o ‘zgacha tayyorgarlikda o ‘tkazilgani xorijiy mehmonlarda yurtimiz hususan viloyatimizga madaniyatiga qiziqishini yanada orttirgani yaqqol namoyon bo ‘ldi. Uumiy mulohaza qiladigan bo ‘lsak milliy musiqa merosimizning tub ildizlari, viloyatimiz hududida paydo bo ‘lgan udumlar, an’analar, milliy folklore, bahshchilik namunaarini bugunning evalutsion ahborot almashinuv ko’magi internet saytlariga joylashtirib shu orqali ham kata auditoriyani qamrab olishimiz mumkin. Tajriba sifatida Vokal san ‘ati an’anaviy honandaligi yo ‘nalishi talabasining ijro etgan milliy ashulasini Instagram, tik tok kabi saytlarga joylaganimizda bir necha ming tomoshabin ko ‘rgani va ulardan ijobiy fikrlar bildirilganini guvohi bo‘lgandik. Undan tashqari viloyatimizda mavjud milliy mumtoz maqom ansambllari faoliyatini faqat mahalliy emas balki kattaroq va kengroq qamrovda namoyish etishimiz ham biz ko’zlagan natijani berar edi. Taklif sifatida: bugun internet oqimida birdek yahshi natija bilan suza olish uchun zamonga mos va hos tayyorlanish kerak. Internet saytlarida milliy mumtoz kuy qo ‘shiqlarimiz namoyishini barcha saytlarda bir nom bilan joylashimiz, har doim joylanayotgan videolavhalar aniq povelion, yoki auditoriyada yozib olinishi, doimiy ravishda saytda faol bo ‘lish, har kun bir yoki ikki ma’lumotni yangilanishi, bugungi kundagi zamonaviy challenge lar o ‘rnini egallashi uchun ijrolarni mukammal ijro etilishi hamda yahshi “reklama” targ ‘ib etilishi kutilgan natija berishi tayin. Bu ham bir y o’l aslida. Bizning asl “Shashmaqom”, “ Farg’ona – Toshkent, Xorazm, Buhoro maqomlarining tub ildizi va ular tarkibiga kiruvchi maqom ashulalarimizning orasida Sirdaryoyi azm hududida yaralgan namunalari ham mavjud. Folklor yo ‘nalishda esa Chanqobus sozlari bilan taralgan ohangga hamohang “Xiqqildoq” folklori ham o ‘zgacha tasurot qoldiradi insonda. Biz g ‘ururlansak arziydigan milliy mumtoz musiqa merosimiz madaniyatimizning ajiralmas o ‘zagi ekan uni asrab avaylash, yoshlarga singdirish, kelajak avlodlariga bust butun yetkazishimiz hamda bugun dunyo oldida barcha javhada tik, shahdam qadam bilan yura olganimizdek milliy musiqamiz ohanglarini baralla eshittirmog ‘imiz shart. Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling