15 – Mashg‘ulot. Bug‘doy ildizini


Download 71.67 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi71.67 Kb.
#1832854
  1   2
Bog'liq
ionlar ontaganizmi 1-2-3


15 Mashg‘ulot. Bug‘doy ildizini toza (tuzsiz) va tuzlar aralashmasining eritmalarida o‘sishi (ionlar ontogonizmi)
Ionlar antagonizmi deganda, bitta tuz ionlarining salbiy ta’sirini, boshqa tuz ionlari tomonidan kamaytirilishi yoki uni butunlay yo‘qotilishi tushuniladi. Masalan, sof holda olingan bitta oshtuzi eritmasida, o‘simliklar sekin o‘sadi yoki yomon o‘sadi, ayrim hollarda esa, o‘simlik butunlay o‘smaydi, ya’ni u zaharlanadi. Agar, o‘simlikka zahardek ta’sir qiluvchi osh tuzi eritmasiga, kalsiy, magniy va kaliy tuzi eritmalaridan ma’lum miqdorda qo‘shilsa, o‘simliklarning o‘sish jarayoni tezlashadi. Bu bitta osh tuzining o‘simlikka bo‘lgan salbiy ta’sirini, boshqa tuzlar tomonidan kamaytirilganini yoki butunlay yo‘qotilganligini ko‘rsatadi.
O‘simliklarni har xil tuz eritmalarida o‘stirish yo‘li bilan ularning optimal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tuz ionlari konsentratsiyasini tanlab olish mumkin. Oziqa eritmalar kdagi tuz ionlari konsentratsiyasining o‘simliklar o‘sishi uchun optimal holda bo‘lishi muvozanatlashgan (tenglashtirilgan) eritma deb ataladi. Eritmada, tuz ionlarining soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning o‘simliklar o‘sish va rivojlanishiga bo‘lgan ijobiy ta’siri ham, shuncha yuqori bo‘ladi.
Ionlar o‘rtasida bo‘ladigan antogonistik kurashni plazmolemma yuzasidan ionlarning adsorblanishida, tashuvchilar va fermentlar markazi uchun bo‘ladigan kurashida ham ko‘rish mumkin.
Ionlar o‘rtasida bo‘ladigan antogonistik kurashni ko‘rsatadigan tajribalarni o‘tkazishda, nihoyatda toza kimyoviy reaktivlardan va o‘ta toza idishlardan foydalanish kerak.
Kerakli reaktiv va asboblar: Unayotgan o‘simliklar urug‘i, birlitrda 8,94 g KCl erigan eritma, bir litrda 6,66 g CaC12 erigan eritma, birlitrda 7,02 g NaCl erigan eritma, distillangan suv, chinni hovoncha, 1 litrli shisha idish, pipetka, pinset, qaychi,filtr qog‘ozi, chizg‘ich yoki millimetr qog‘ozi, oynaga yozadigan qalam.

Download 71.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling