15 – Mashg‘ulot. Bug‘doy ildizini


Download 71.67 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi71.67 Kb.
#1832854
1   2
Bog'liq
ionlar ontaganizmi 1-2-3

Ishning bajarilishi. Bu ishni bajarish uchun 500 sm3 hajmli shisha idishlardan 7 ta olib, yaxshilab yuviladi. So‘ngra bu idishlarining birinchisiga 500 ml NaCl, ikkinchisiga 500 ml KCl, uchinchisiga 500 ml CaC12 eritmalaridan solinadi. Qolgan idishlarning to‘rtinchisiga 11 ml KCl, beshinchisiga 5 ml CaCl2, oltinchisiga 11 ml KCl + 5 ml CaC12 va oxirgi yettinchisiga 22 ml KCl + 10 ml CaCl2 olinadi, ularning hajmi NaCl eritmasi bilan 500 mlga yetkaziladi.
Mana shu tartibda tayyorlangan eritmalarga bir xil rivojlanishiga ega bo‘lgan bug‘doy, arpa yoki g‘o‘za o‘simtalari tushiriladi. Buning uchun idishlar og‘zini berkitishga mo‘ljallangan qopqoqchalarga o‘simtalar joylashtiriladi. Qopqoqchalarni idish og‘ziga berkitganda, unga o‘rnatilgan o‘simtalarning ildizlari oziqa eritmasiga to‘lab otib turishi kerak.
O‘simtalarning muqobil o‘sishini ta’minlash uchun, idishlari n harorati 25- 30°C darajada bo‘lgan yorug‘ xonalarga qo‘yiladi. Idishlardagi aeratsiyani muqobil holda tutib turish uchun esa, eritma va quti vaqti bilan sun'iy ravishda kislorod bilan boyitib turiladi. Tajribaga olingan eritma har 5-6 kunda yangilanib (almashtirilib) turiladi.


9-jadval O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish




Variantlar

Eritmalar (0,12 n)

Poya
uzunligi

Ildiz
Uzunligi

I

500 ml NaC1







II

500 ml KC1







III

500 ml CaC12







IV

489 ml NaC1 + 11 ml KC1







V

495 ml NaC1 + 5 ml CaC12







VI

484 ml NaC1 + 11 ml KC1 + 5 ml CaC12







VII

468 ml NaC1 + 22 ml KC1 + 10 ml CaC12








Tuzlarning o‘simliklar o‘sishiga bo‘lgan ta’siri, 6-7 – kundan boshlab sezila boshlaydi. Tajribadan ijobiy natija olishda, tuzlarning kimyoviy toza bo‘lishligi muhim ahamiyatga ega. Odatda tajriba 3-4 hafta davom ettiriladi. Shu mo‘ljaldagi vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simliklar eritmalardan olinib, distillangan suv bilan yuviladi va ularning poyasi, ildizlari lineyka yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi.
Olingan ma’lumotlar yuqoridagi jadvalga yozib olinadi. Imkoniyati bo‘lsa, o‘simliklarning ho‘l va quruq og‘irligi, yoki ildizlar soni aniqlansa, yanada yaxshi bo‘ladi.
Tajribadan olingan natijalar, talabalar bilan birgalikda muhokama qilinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi.
Download 71.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling