2-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
shakllanish tartibi va tarkibi
Ijro etuvchi hokimiyatning konstitutsiyaviy-huquqiy
modellari, avvalo ushbu davlatning boshqaruv shaklidan kelib
chiqadi va u ko‘p jihatdan hukumatni shakllantirish tartibi
va uning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ijro etuvchi hokimiyatning
tizimi, shuningdek, davlat tuzilishi shakliga (unitar, federativ,
konfederativ) yoki uning hududiy taqsimlanishiga bog‘liq
boshqa xususiyatlarga ham ega. Bundan tashqari, ijro
etuvchi hokimiyatning shakllanishi va uning tutgan o‘rniga
davlat hokimiyatini amalga oshirishning yo‘llari va usullari
yig‘indisidan kelib chiqadigan siyosiy rejim ham katta ta’sir
o‘tkazadi.
O‘zbekiston mustaqilligining murakkab o‘tish davrida
qabul qilingan qonunlarning amalda bajarilishini ta’minlay
oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish,
siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir
bo‘lgan ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini
yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu maqsadda tub
Do'stlaringiz bilan baham: |