I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189


partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni 
ikki  kunlik  muddatda  tuzatishga  hamda  ularni  Markaziy 
saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.
Markaziy  saylov  komissiyasi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni 
qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun 
qolganida yakunlaydi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Markaziy  saylov 
komissiyasi  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
saylovi  natijalari  rasmiy  ravishda  e’lon  qilingan  kundan 
e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan 
paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi. 
Amaldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  o‘z 
vakolatlarini  yangi  saylangan  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.
O‘zbekiston  Respublikasining  amaldagi  Prezidenti  o‘z 
vazifalarini  bajaraolmaydigan  holatlarda  uning  vazifa  va 
vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, 
bunda uch oy muddat ichida, Saylov Kodeksga to‘liq muvofiq 
holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
Konstitutsiyaning  bu  qoidasiga  e’tibor  bersak,  Prezident 
bo‘lib saylanadigan ham, Prezidentni saylovchilar ham, albatta, 
O‘zbekiston  fuqarolari  bo‘lishi  shart.  Faqat  fuqarolargina 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling