I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
280
281
Bu  holat  Konstitutsiyaning  89-moddasida  «O‘zbekiston 
Respublikasining  Prezidenti  davlat  boshlig‘idir  va  davlat 
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini 
hamda hamkorligini ta’minlaydi», deb mustahkamlandi.
Prezidentning  ijro  hokimiyati  boshlig‘i  funksiyasidan 
olinishi va uning faqat davlat boshlig‘i sifatida qoldirilishi aslo 
Prezident maqomining susayishini bildirmaydi. Chunki davlat 
boshlig‘i sifatida u ijro hokimiyatini tuzishda, uning faoliyatini 
nazorat qilishda asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston  Prezidenti  davlat  boshlig‘i  maqomiga  ega 
ekаn,  unga  konstitutsiyada  keng  vakolatlar  berilishi  bilan 
birga,  unga  katta  mas’uliyat  ham  yuklangan.  U  davlat 
boshlig‘i bo‘lganligi uchun xalq hokimiyatchiligida to‘g‘ridan 
to‘g‘ri  ishtirok  etadi,  bu  Konstitutsiyaning  10-moddasida 
Prezidentning  O‘zbekiston  xalqi  nomidan  ishtirok  etish 
huquqi belgilanganligida aniq ko‘rinadi.
Prezident davlat boshlig‘i sifatida:
• tashqi munosabatda ishtirok etadi;
hukumatni tuzadi;
qonunlarni imzolaydi;
• Parlament palatalarini tarqatib yuborishi mumkin;
• sud hokimiyatini tashkil qilishda ishtirok etadi;
•  oliy  unvonlar,  orden,  medallar  bilan  taqdirlaydi  va 
qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi va 
qonunda belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling