Reja ilmiy tarixning boshlang’ich bosqichi. Romantizm
Download 72.7 Kb.
|
falsafa metodologiyasi
XVIII – XIX ASR O’RTALARIDA TARIX FALSAFASI. REJA Ilmiy tarixning boshlang’ich bosqichi. Romantizm. J. J. Russoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. Pozivitizm. I.Kant va uning asarlari. D.G.Nibur. T.Mommzen. L.Ranke. J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari. J.J. Russo 1712 yil Jenevada soatsozlar oilasida dunyoga keladi. U dastlabki talimni o’zi tug’ilib o’sgan joyidan oladi. U 1741 yili Parijga kelib, u erda Golbax Didro va boshqalar bilan juda yaxshi munosabatda bo’ladi. Russo Didro tashkil etgan “Entsiklopediya”da uning taklifiga binoan ishtirok etadi. Russoning jamoatchilikka keng tanilishida uning “fan va sanat haqidagi mulohazalar” (1750) asri muhim ahamiyat kasb etganligi malum. Russoning “Insonlar o’rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari to’g’risida mulohazalar” asri uning obro’siga yana obro’ qo’shadi. U “fanlarning manaviyatga tasiri” asarida o’zi yashab turgan tsivilizatsiyani tengsizlik tsivilizatsiyasi deb tanqid qiladi. Shuningdek, u takidlay-diki, fan taraqqiyoti inson tabiatini, manaviyatini takomillashtirmaydi. Albatta bu bilan u fan va madaniyatga qarshi chiqqan, deyish noto’g’ridir. Fanga hujum qilayotganim yo’q, lekin ezgulikni himoya qilayapman deydi u. Russo ijtimoiy muammolar va huquqsizlik, zulmining manbaini ijtimoiy tengsizlikda, yani mulkiy tengsizlikda ko’radi. Mulkiy tengsizlik azaliy emas. U quyidagi bosqichlardan iborat. Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi – boy va kambag’alning yuzaga kelishi. Davlatning kelib chiqishi bunda boylar bilan kambag’allar bitm tuzadilar. Qonuniy hokimiyatninig zo’ravonlikka aylanishi. Avval halq podisho va huquq tomonidan aldangan bo’lsa, zo’ravonlikda esa zo’ravon qonunlar halqni aldaydi va unga hamla qiladi. Keyinchalik uning asarlari hukumat tomonidan taqib qilinia boshlandi. U hibsga olinishidan qo’rqib, Fransiyadan qochib, Shvetsariya (1762) ga keladi. Russo ko’p yillar Volterbilan bahs munozaralar yuritgan. Russo faylasuflar bilan munozaralarda takidlaydiki, xudo aql va yaxshilik manbaidir . Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy o’rin egallaydi. Tenglik jamiyatning tabbiy holati inson o’z mohiyati jixatidan xoh ishlab chiqarishda xoh istemolda hech kimga bog’liq emas. Bunday jamiyat idealdir. Kelajakda bunga erishish mumkin emas, lekin unga qaytish mumkin. Unda kishilar boylik, xususiy mulk nimaligini bilishmasdi. Xususiy mulk bo’lmagan erda adolatsizlik bo’lishi mumkin emas. Xususiy mulkning kelib chiqishi insonlar manfaatlariga ziddir. Bu aslida birovlar hisobiga boyish demakdir. Umumiy erk umumiy manfaatlarni nazarda tutadi. Barchaning erki shahsiy manfaatlarini xisobga oladi. U yakka – yakka manfaatlar yig’indisidan iborat. U feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat tashkil etish yo’lida ijtimoiy kelishuvni ishlab chiqdi. U o’z ijtimoiy qarashlarida fransuz jamiyatining kambag’al fuqarolar manfaatlarini himoya qildi. Shuning uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va ijtimoiy tengsizlik masalasi yotgan. Faylasuf ijtimoiy fikrlar tarixida o’zining ijtimoiy ahloqiy muammolar va tarbiya nazariyasi bilan mashxur bo’lgan. “Yangi eloiza” romani “Emil yoki Tarbiya haqida” gi risolalarida axloq va tarbiya masalalarini mohirlik bilan ifodalagan. Russoning siyosiy ideali – to’g’ridan – to’g’ri demokratiyadir. Unda qonunlar bevosita barcha fuqarolarning majlisida qabul qilinadi. Albatta, b g’oyalarni hududiy jihatdan kichik bir davlatlarda amalga oshirish mumkin. Russoning axloqiy talimoti tenglik g’oyasi va shaxs erkinligi bilan chambarchas bog’liq. Bu axloq – fuqaro jasorati, respublikachining vatanparvarligidir. Pozitivizm. Pozitivizm g’arb falsafasida juda keng tarqalgan yo’nalish sifatida XIX asrning 30 yillarida frantsuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) tomonidan asos solingan. Pozitivizm dastlab Frantsiyada, so’ngra Angliyada va G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida rivojlandi: Birinchi davr - O.Kont, E.Littre, E.Renan, Robert (Frantsiyada), D.S.Mill, G.Spenser, Dj.Lesevich, N.Mixay-lovskiy (Rossiyada), K. Kattanso, D. Ferrari, r. Ardigo (Italiyada) kabilarning ijod etgan davri. Ikkinchi davri – mexanizm va empiriotkrito’tsizm davri deb ataladi. Uchinchisi nepozitivizm davriga bo’linadi. “Pozitivizm” tushunchasini O.Kont quyidagicha tariflaydi: birinchidan yolg’onlikka qarshi haqqoniylik: ikkinchidan, keraksizlikka qarshi foydalanish: uchinchidan shubxalilikka qarshi aniqlik: beshinchidan salbiylikka qarshi ijobiylik va nihoyat oltinchidan buzg’unchilikka qarshi tuzuvchanlik. Inson bilimi, tafakkuri oldinga qarab harakat qiladi. Shuning uchun u o’z tarixiga ega insoniyat taraqqiyotni shu tarzda o’rganish quyidagi qonuniyatni ochishga olib keladi, yani u uch bosqichli qonuniyat deb ataladi. Birinchisi – teologik, ikkinchisi – metafizik yoki mavhumlashgan, uchinchisi – pozitiv yoki ilmiydir. Inson bilish jarayonida ana shu yo’llardan, alabatta o’tadi. Demak bu uslublardan uch turdagi falsafiy dunyoqarash yoki umumiy qarashlar tizimi vujudga keladi. Birinchisi ijod tafakkurining boshlang’ich harakatga keluvchi nuqtasi: ikkinchisi – o’tuvchanlik rolini o’ynaydi: uchinchisi - aniq yakuniy holatdir. Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g’oyalari. Nemis klassik falsafasi tarix falsafasini o’rganishning nihoyatda murakkab qismi bo’lib, uni nihoyatda masuliyat bilan o’rganish zarurdir. Nemis klassik falsafasi frantsuz ma’rifatchiligi kabi eski illatlarni bartaraf etishda hamda kapitalistik munosabatlarning qiyinchiliksiz rivojlanishida yangi tuzum manfaatlarini himoya qilgan. Shuning uchun u aqlni eski idealogiyaga qarshi hukmronligi to’g’risidagi g’oyani e’tirof etadi va rivojlantiradi. Nemis jamiyatiga hamda nemis ijtimoiy fikrlariga XV asr oxirida bo’lib o’tgan frantsuz inqiloblari juda katta tasir ko’rsatgan. Bu inqilob shu davrgacha bo’lib o’tgan inqiloblardan izchil va qat’iy farq qiladi. Germaniyada falsafiy va ijtimoiy – siyosiy fikrlarning ma’lum darajada rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Nemis klassik – falsafasida Germaniyadagi o’tmish falsafiy fikrlar an’analariga nisbatan murosachilik munosabatda bo’lishda diniy nuqtai nazar ustun turadi. Ularning ijtimoiy – siyosiy xulosalari o’zlari ilgari surgan “sof” fikrlash doirasidagi umumiy fikrlarga qarama – qarshi turar edi. Lekin o’z pozitsiyalarida izchil bo’lmasdan nemis klassik falsafasi falsafiy fikrlar taraqqiyotida muhim qadam hisoblanadi. Download 72.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling