I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
374
375
Quyida odil sudlovning asosiy Konstitutsiyaviy prinsiplarini 
ko‘rib chiqamiz.
1.  Qonuniylik  prinsipi.  O‘zbekistonda  demokratik 
huquqiy  davlat  shakllanishi  sharoitida  qonuniylik  va  inson 
huquqlariga  qat’iy  rioya  etish  vazifasi  alohida  ahamiyatga 
ega bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
15-moddasida  mustahkamlab  qo‘yilganidek:  “O‘zbekiston 
Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va  qonunlarining  ustunligi  so‘zsiz  tan  olinadi.  Davlat,  uning 
organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalari, 
fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”. 
Sud davlat organi bo‘lib, uning faoliyatiga ham qonuniylikka 
rioya  etish  to‘g‘risidagi  Konstitutsiya  ko‘rsatmalari  tatbiq 
etiladi.
2.Sudyalarning  mustaqilligi  va  ularning  faqat  qonunga 
bo‘ysunishi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 
112-moddasiga  muvofiq  sudyalar  mustaqildirlar,  faqat 
qonunga  bo‘ysunadilar.  Sudyalarning  odil  sudlovni  amalga 
oshirib  borasidagi  faoliyatiga  biron-bir  tarzda  aralashishga 
yo‘l  qo‘yilmaydi  va  bunday  aralashish  qonunga  muvofiq 
javobgariikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarning  mustaqilligi  Konstitutsiyaviy  prinsip  bo‘lib, 
demokratik huquqiy davlat barpo etilishini ta’minlash uchun 
zarur  shart  sifatida  xizmat  qiluvchi  sudyalarning  erkinligi 
va  mustaqilligining  kafolatlarini  mustahkamlab  qo‘ygan 
O‘zbekiston  Respublikasi  “Sudlar  to‘g‘risida“gi  Qonunida, 
FPKda  (7-modda),  JPKda  (14-modda)  va  IPKda  (8-modda), 
Ma’muriy  sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  kodeksda 
(10-modda) o‘z rivojini topgan.
3. Odil sudlovni barcha shaxslarning qonun va sud oldida 
tеngligi  asosida  amalga  oshirish.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyaning 18-moddasi birinchi qismida“ O‘zbekiston 
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 
Kоnstitutsiyaviy  sudning  hujjаti  rаsmiy  e’lоn  qilingаn 
kundаn  e’tibоrаn  kuchgа  kirаdi.  Kоnstitutsiyaviy  sudning 
hujjаti  qаt’iy  vа  uning  ustidаn  shikоyat  qilinishi  mumkin 
emаs.  Kоnstitutsiyaviy  sudning  hujjаti  uning  o‘z  tаshаbbusi 
bilаn  quyidаgi  hоllаrdа  qаytа  ko‘rib  chiqilishi  mumkin: 
hujjаt  chiqаrilgаn  pаytdа  Kоnstitutsiyaviy  sudgа  nоmа’lum 
bo‘lgаn yangi оchilgаn hоlаtlаr munоsаbаti bilаn; hujjаt qаbul 
qilinishigа  аsоs  bo‘lgаn  kоnstitutsiyaviy  nоrmа  o‘zgаrgаn 
tаqdirdа;  Kоnstitutsiyaviy  sud  mаzkur  hujjаtni  bеlgilаngаn 
ish yuritish tаrtibi buzilgаn hоldа qаbul qilingаn dеb tоpgаn 
tаqdirdа. 
Konstitutsiyaviy  sud  Respublika  miqyosida  markaziy 
muassasa  sifatida  faoliyat  yuritadi.  Uning  umumiy  sudlarga 
o‘xshab  joylarda  tuzilmalari  yo‘q.  Konstitutsiyaviy  sudni 
tashkil  etish  va  faoliyat  tartibi  maxsus  qonun  bilan  tartibga 
solinadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling