I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Odil sudlovni amalga oshiruvchi umumiy sudlar


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

3-§. Odil sudlovni amalga oshiruvchi umumiy sudlar 
tizimi, tashkil qilish tartibi, vazifasi
Sud  hokimiyatining  eng  asosiy  vazifasi  -  odil  sudlovni 
amalga  oshirishdir.  “Sudlar  to‘g‘risida”gi  Qonunning 
3-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov 
faqat  sud  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  odil  sudlov  sud 
hokimiyatining mutlaq vakolati ekanligini anglatadi.
Odil  sudlov  -  bu  qonun  va  u  bilan  belgilangan  tartib-
tamoyilga qat’iy rioya qilgan holda sudlar tomonidan jinoyat, 
fuqarolik,  iqtisоdiy  ishlarini  va  ma’muriy  huquqbuzarlik 
to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib  chiqish  va  hal  qilish  bo‘yicha 
huquqni muhofaza qilish faoliyatining turidir.
Odil  sudlovning  Konstitutsiyaviy  prinsiplari  -  bu  sud 
ishlarini yuritishning eng muhim xususiyatlarini, xarakterini, 
mazmun-mohiyatini,  tashkil  etilishi  tartibini  belgilovchi 
Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqiy qoidalardir.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling