I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
396 397 Demak, sud va prokuratura organlarining qonunlarni to‘g‘ri tadbiq qilish yuzasidan nazorat etish vazifasida o‘xshashliklar mavjud bo‘lsada, biroq ularni amalga oshirishda sud va prokuror o‘ziga xos turli usul va shakllardan foydalanadilar 67 . O‘zbekiston prokuraturasi - faqat qonunga bo‘ysunuvchi mustaqil davlat organi. Prokuraturaga konstitutsiyaviy maqomni berilishi prokuratura organlarining samarali faoliyat yuritishining va ularning mustaqilligining muhim faktori hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (118-120 m.m.) va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun (1-m.) O‘zbekiston Rеspublikаsi prokuraturasining davlat-huquqiy statusini qonuniy mustahkamlagan. Qonunga muvofiq, prokuratura O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi yagona markazlashtirilgan organlar tizimi hisoblanadi. Demokratik davlatning muhim talabi ham davlat organlari, jamoat birlashmalari va jamoalar, mansobdor shaxslar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishlari, ular tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligidir. Prokuratura organlari faoliyati va kuchi qonun ustuvorligini mustahkamlash, uning barqarorligi, bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash hamda mamlakatimiz Konstitutsiyasida oliy qadriyat sifatida e’lon qilingan fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquq va erkinliklarini himoya qilishga yo‘naltirilgan. 67 Мамасиддиков М.М., Шодмонов Ф.Ю., Алимарданов X. Фуқаролик процессида прокурор иштироки. Ўқув-амалий қўлланма. Ю.ф.н. Ш.Б.Мустафоев таҳрири остида. -Т.: Ўзбекистан Республикаси Бош прокуратурасининг Олий ўкув курси - 2014. - 100 б. prokuror nazorati oliy qonun chiqaruvchi va ijro organlariga, O‘zbekiston Respublikasi oliy mansabdor shaxslariga, umumiy yurisdiksiya sudlariga va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga nisbatan tadbiq etilmasligi hisoblanadi. Prokuratura organlarining tashkiliy faoliyatidagi muhim xususiyati uning har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari, mahalliy organlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ekanligidadir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasiga ko‘ra, prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar. Shuningdek, prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling